Ру Ўз O`z En

2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekish tadbirlari nazoratda

28 Sentyabr 2021 2089

Kelgusi yil hosili uchun Respublika bo‘yicha 1 mln 30 ming gektardan ziyod, shundan 273,6 ming gektar ochiq maydonlarda hamda 756,8 ming gektar g‘o‘za qator orasiga kuzgi boshoqli don ekish ishlari davom etmoqda.

Hukumatimizning amaliy yordami bilan kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga yer tayyorlash va ekish uchun zarur bo‘ladigan yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, mablag‘ masalasi va boshqa moddiy resurslar taʼminoti hal etilgan bo‘lib, g‘alla ekish ishlarini optimal muddatlarda yakunlash choralari ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun 445 ming gektar yoki 43 foiz maydonlarda yer tayyorlash ishlari bajarildi.

Shuningdek, 359 ming gektar yoki 35 foiz maydonlarda ekish amalga oshirilib, peshma-pesh 94 ming gektar maydonlar sug‘orildi.

Mavsumda 1 ming 17 ta g‘alla ekish seyalkalari va 6 ming 403 ta g‘o‘za qator orasiga ekish moslamalari jalb etilib, ularning ish unumidan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda.

G‘alla ekish uchun yer tayyorlash bilan birga gektariga fizik holda 200 kg.dan fosforli va 50 kg.dan kaliyli mineral o‘g‘itlarni berilishi Inspeksiya xodimlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan bu yilgi kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishni tashkil qilish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi nazoratga olib borilmoqda.   

Misol uchun, mavsum davomida g‘alla ekishni tashkil qilishda 3 700 ta xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:2 484 ta fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan 15 ming gektardan ziyod maydonlarni yer tayyorlash ishlarini sifatsiz bajarilganligi;391 ta fermerlar tomonidan 2,0 ming gektarga yaqin maydonlarda g‘allani sayoz va sifatsiz ekilganligi;

116 ta fermerlar va klasterlar tomonidan 1,6 ming gektar maydonda ekish bilan birga fosforli o‘g‘itlar hamda 595 ta fermerlar tomonidan 5,5 ming gektar maydonga kaliyli o‘g‘itlar berilmaganligi;

yoqilg‘i-moylash materiallarida uzilishlar yoki o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi tufayli 94 ta fermer xo‘jaligining 0,7 ming gektar maydonlari ekish ishlari muddatidan kechiktirib o‘tkazilganligi aniqlandi.

Kuzgi boshoqli don ekishni tashkil qilishda yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida: tuman hokimliklariga, tegishli tashkilotlarga 244 ta taqdimnomalar kiritildi; shuningdek, fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlariga 389 ta yozma ko‘rsatmalar hamda 3 ming 32 ta ogohlantirishlar berildi;

g‘alla ekishga yer tayyorlash va ekishda agrotexnik tadbirlarni qo‘pol ravishda buzgan 23 ta fermer xo‘jaliklariga (11 mln.so‘m) nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanildi.

O‘zagroinspeksiyaning barcha hududiy boshqarmalari va tumanlar bo‘limlari tomonidan g‘alla ekishga yer tayyorlash va ekish mobaynida o‘tkaziladigan barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi nazoratga olib boriladi.

O‘zagroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

 

Text to speech