Ру Ўз O`z En

2022 yil g‘alla hosilini qabul qilish oldidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

20 Aprel 2022 1551

O‘zagroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan "NavoiydonmahsulotlariAJ korxona va uning don qabul qilish shaxobchalarida 2022 yil boshoqli don hosili va urug‘larini qabul qilishda moddiy texnika bazasini tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, jamiyatga qarashli don qabul qilish shoxobchalari, birinchi va ikkinchi urug‘lik sexlarining sanitar holatini yaxshilash hamda 2022 yil g‘alla mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Xususan, jamiyat bosh korxonasi, urug‘lik sexlari va unga qarashli don qabul qilish shoxobchalarida 2022 yil g‘alla hosilini qabul qilish oldidan don zararkunandalariga qarshi ishlov berilganligi o‘rganilib, tegishli mutaxassis inspektorlar tomonidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Inspeksiya viloyat boshqarmasining sertifikatlash va metrologiya bo‘limi tomonidan, jamiyatga qarashli bosh korxona, urug‘lik sexlari va unga qarashli don qabul qilish shoxobchalaridagi laboratoriya xonalari tahlillar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan zarur o‘lchov vositalari hamda laboratoriya jihozlari bilan to‘liq taʼminlanganligi, avtomobil, vagon tarozilari va laboratoriya o‘lchov vositalarining metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilganligi hamda qiyoslov sertifikatlari mavjudligi o‘rganildi. Bo‘lim bosh inspektori Ulug‘bek Yusupov tomonidan qabul qilinayotgan donni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalanadigan laboratoriya o‘lchov vositalarini o‘z vaqtida O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining viloyat filialiga metrologiya tekshiruviga taqdim qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

- Mazkur korxona, urug‘lik sexlari va unga qarashli don qabul qilish shohobchalarida 2022 yil g‘alla hosilini qabul qilish oldidan don zararkunandalariga qarshi ishlov berish, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan yakunlashi lozim, - deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi bosh inspektori Ulug‘bek Yusupov. – Bundan tashqari yangi mavsum uchun urug‘chilik sexlarida kerakli miqdorda polipropilen qoplari, qop yorliqlari va tagliklar zaxirasini to‘liq yaratish, Navbahor va Xatirchi don qabul qilish shaxobchalari hamda birinchi urug‘lik sexi hudud maydonalarining yoritish moslamalarini taʼmirlab, ishchi holatga keltirish yuzasidan tavsiya va tushuntirish ishlari olib borildi.

Aytish kerakki, bu kabi o‘rganish tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad g‘alla yig‘im-terimi mavsumiga oldindan puxta hozirlik ko‘rishdan iborat. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar muntazam bo‘lib o‘tadi.

O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati

Text to speech