Ру Ўз O`z En

2022 yil g‘alla mavsumida ishtirok etadigan g‘alla o‘rish kombaynlari shay holatga keltirilmoqda

27 Aprel 2022 2585

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalar qatori g‘allachilikni rivojlantirishda ham yuksak samaralar bermoqda.

Joriy yilda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egadir.

Respublikadagi mavjud bo‘lgan g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli taʼmirlash ishlariga ham bu yil har yilgidan ertaroq kirishilgan.

Yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish uchun 2022 yilda jami 3246 dona g‘alla kombaynlari qatnashishi rejalashtirilgan va ularning barchasi hududlardagi “O‘zagroservis” AJning tumandagi “Agroservis MTP” MCHJlarga yig‘ilgan bo‘lib, hozirda taʼmirlash ishlari yakunlanmoqda.

Mavsumga jalb etiladigan g‘alla o‘rish kombaynlarining 785 donasi “Agroservis MTP” MCHJlarga605 donasi “Klasterlarga” 1465 donasi fermer xo‘jaliklariga va 391 donasi boshqa turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishlidir.

Mavsumda qatnashadigan g‘alla o‘rish kombaynlarini taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar “O‘zkeysservis” QK va “O‘zklaasservis” korxonalarining xodimlari tomonidan o‘rganilib chiqilgan bo‘lib, taʼmirlashga talab etiladigan 88 359,1 mln.so‘mlik mablag‘i hisob-kitob qilingan.

Kombaynlarni taʼmirlash uchun kerakli ehtiyot qismlar taʼminot korxonalaridan o‘z vaqtida yetkazib berilgan va sifatli taʼmirlash ishlari “O‘zagroinspeksiya” va Ichki ishlar vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olinishi natijasida shu kunga 2108 donasi yoki 66 foizi taʼmirdan chiqarilgan. Jumladan, Andijon va Buxoro viloyatlarida 74 foizdan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 85-88 foizdan, Namangan viloyatida

96 foiz kombaynlarning taʼmirlashi amalga oshirilgan bo‘lsa, Xorazm viloyatida 100 foiz kombaynlar taʼmirdan chiqarilgan.

Taʼmirdan chiqarilgan kombaynlarni “O‘zagroinspeksiya” va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan va tuman hokimliklar tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiyalar ishtirokida mavsumda beto‘xtov ishlashi uchun taʼmirlash sifatiga alohida eʼtibor berilib, kombaynlarning   1648 donasi qabul qilib olingan.

G‘alla o‘rish kombaynlarining barchasi zamonaviy yuqori unumli kombaynlarni tashkil etib, eski rusumdagi g‘alla o‘rish kombaynlarini dalaga kiritish qatʼiy taqiqlangan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga asosan 2022 yil g‘alla o‘rimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni taʼmirlashni yakunlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib borilmoqda hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.

"O‘zagroinspeksiya"ning Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech