Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va sifatli mahsulot yetishtirishda urug‘chilik tarmog‘i asosiy drayveri hisoblansa, mazkur sohani davlat tomonidan nazorat qilishi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va sertifikatlangan urug‘liklar ekishi bilan birga respublika aholisini oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Inspeksiya organlari tomonidan 2021 yil g‘alla hosilidan jamg‘arilgan urug‘liklarni “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi 42 ta don korxonalar va klasterlar korxonlariga qarashli jami 67 ta urug‘lik don qayta ishlash sexlarida davlat standartlari asosida urug‘lik to‘dalarini tayyorlash ishlari muntazam nazorat qilib borilgan bo‘lsa, Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi”ning qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash markaziy sinov laboratoriyasi tomonidan esa sifati bo‘yicha tahlillar olib borilib jami 276,0 ming tonna urug‘lik to‘dalarga ekinboplik sifati bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib shundan 275,6 ming tonnasiga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikatlar berilgan bo‘lsa qolgan 430,0 tonna urug‘liklarni ekishga yaroqliligi bo‘yicha tahlil natijalari rasmiylashtirilgan.
diagramma-1
Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tomonidan 2022 yil g‘alla hosili uchun 1 mln 033 ming gektardan ortiq suvli maydonlarga boshoqli don ekinlarining 75 ta seleksion navlaridan jami 276,0 ming tonna urug‘liklar realizatsiya qilingan bo‘lib shundan mahalliy seleksiyasiga mansub 50 ta navlardan 117,4 ming tonna va xorijiy seleksiyaning 23 ta navlaridan 158,6 ming tonna avlodli urug‘liklarni tashkil etadi. (diagramma-1)
Ekish uchun tarqatilgan boshoqli don ekinlari urug‘liklarini reproduksiyalari bo‘yicha tahlil qilinganida ko‘paytirish ko‘chatzoridan 1,6 ming tonna, original reproduksiyasidan 20,8 ming tonna, elita reproduksiyasidan 170,5 ming tonna, birinchi avlodli R-I reproduksiyasidan 80,8 ming tonna va 2,3 ming tonna ikkinchi avlodli R-II reproduksiyali urug‘liklar hissasiga to‘g‘ri keladi. ( diagramma-2)
diagramma-2
Tayyorlangan urug‘liklar asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizidagi don korxonalari, Klaster korxonalari, Elita urug‘chilik xo‘jaliklari va Ilmiy tadqiqot institutlariga qarashli jami 184 ta urug‘lik yetkazib berish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan bo‘lib ushbu urug‘liklarning 275,6 ming tonna yoki 67 tasi kuzgi bug‘doy navlari, 455,4 tonna yoki 6 tasi arpa navlarini tashkil etib, shundan suvli maydonlarga ekish uchun 60 ta navlardan 275 ming tonna, lalmi maydonlarga ekish uchun 15 ta navlardan 964 tonna urug‘liklar realizatsiya qilingan.
Shuningdek Respublika hududlarida ekish uchun tayyorlangan urug‘liklarning 273,7 ming tonnasi mahalliy urug‘chilik korxonalarida tayyorlangan bo‘lsa, qolgan 2,3 ming tonna urug‘liklar Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan import urug‘liklarini tashkil etadi.
Bundan tashqari, boshoqli don ekinlari urug‘liklarni qayta ishlash va tarqatish jarayonlarida Inspeksiya organlari tomonidan urug‘likni qayta ishlovchi subyektlarida tayyorlangan jami 7 520 tonna (32 ming gektar) urug‘lik don to‘dalari standart talabi bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlanib, sifatsiz urug‘larni realizatsiya qilinishi to‘xtatilishi orqali ko‘pgina qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiy zarar ko‘rishining oldi olindi.
Yuqoridagilar yuzasidan Inspeksiya organlari tomonidan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi don korxonalari va boshqa urug‘chilik subyektlarda 2022 yil hosili uchun urug‘liklarni tayyorlash hamda muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 4 771 ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, qonun buzarlarga nisbatan 1 119 ta taʼsir choralar ko‘rilishi taʼminlangan va qonuniy qarorlar qabul qilish uchun 46 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Hozirgi kunda Inspeksiya tomonidan kelgusi yil hosili uchun hududlarda boshoqli don ekinlari navlarini amaldagi tartib asosida joylashtirish va urug‘lik maqsadlarida ekilgan g‘alla maydonlarida parvarishlash ishlari yuzasidan monitoring ishlari olib bormoqda.
Shoxruh Xayitov, Inspeksiyaning don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i