Ру Ўз O`z En

2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish va ekishga yer tayyorlash ishlari inspeksiya nazoratida 

20 Sentyabr 2021 2332

Ayni kunlarda dalalarda kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorlash va g‘alla ekish ishlari avj pallada.Xususan, 2022 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, ekishga yer tayyorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Viloyatda, 2022 yil hosili uchun 103 ming 845 gektar suvli maydonlarga boshoqli don ekinlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 32 ming 384 gektari ochiq maydonga, 71 ming 461 gektari g‘o‘za qator orasiga ekilishi belgilangan.

Shu bilan birga, viloyat tumanlarida jami 242 ta g‘alla ekish otryadlari tashkil etilgan bo‘lib, har bir otryadga masʼul malakali mutaxassislar biriktirilgan.

Jumladan, 2022 yil hosili uchun ekish va yer tayyorlash ishlariga 479 dona haydov texnikalari hamda 623 dona ekish texnikalari qatnashishi belgilangan bo‘lib, shundan 107 donasini zamonaviy yuqori unumli don ekish seyalkalari va 516 donasini g‘o‘za qator orasiga don ekish uchun mo‘ljallangan moslamalar tashkil etadi.

Mazkur texnikalar markazlashgan holda yig‘ilib to‘liq taʼmirdan chiqarilgan bo‘lib, ushbu texnikalarga Inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan mavsumda qatnashish uchun muvofiqlik sertifikatlari berilgan.

Toshkent viloyatida, bugungi kunga qadar 32 ming 384 gektar ochiq maydonning 13 ming 517 gektarida yer tayyorlash va 12 ming 709 gektarda g‘allani ekish ishlari amalga oshirildi.

Inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 61 gektarda yer tayyorlash ishlarini kesakli va sifatsiz o‘tkazilganligi, 39 gektarda g‘allani yuzaga va sifatsiz ekilganligi aniqlanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan viloyatning barcha tuman hokimliklariga, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasiga va g‘allachilik klasterlariga jumladan, “TST Agro klaster” MCHJ, “Melek Agro Don” MCHJ, “Nurli Diyor AgroMCHJ va “Al Basir Parranda GoldMCHJlarga yozma ko‘rsatma hamda taqdimnomalar kiritildi.

S.Sadikov, Inspeksiyaning  Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i                                                

E.Ziyodullayev, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi inspektori              

Text to speech