Ру Ўз O`z En

2022 yil hosilidan urug‘lik paxta yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalari

20 Aprel 2022 1476

2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining 7-bandida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklari tanlanishini hamda har yili qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari joylashtirilishini taʼminlash” topshirig‘i belgilangan.

Shunga ko‘ra, “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xom-ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida urug‘lik yetishtirishga ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan nazorat qilib borildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2022 yil 1 yanvardan boshlab 100 ming gektar maydonda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish belgilangan bo‘lib, ushbu huquqiga ega bo‘lish uchun 4035 nafar talabgorlarning 152 ming 952 gektar maydoni tanlovlarda ishtirok etdi.

Hududlarda tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlangan tanlovlarni o‘tkazuvchi tuman ishchi guruhlari tomonidan 3329 nafar subyektlarning 100,2 ming gektar maydoni g‘olib deb topilib, bitta subyektning o‘rtacha ekin maydoni 30,1 gektarni tashkil qildi.

Shuningdek, tanlovda talabgor sifatida ishtirok etgan 706 nafar subyektlarning 47 ming 273 gektar maydoni turli sabablarga ko‘ra urug‘lik yetishtirish huquqiga ega bo‘lishmadi (jadval ilova qilinadi).

Inspeksiya xodimlari tomonidan tender tanlovlarining qonunchilikda belgilangan tartib tamoyillar bo‘yicha, adolatli, ochiq va shaffof holatda belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritib borilishi taʼminlandi 

N.Ismailov - Inspeksiyaning Urug‘lik paxta xom-ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Text to speech