Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan meʼyoriy va huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan Inspeksiya tomonidan qatʼiy nazorat o‘rnatilib, muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022 yil g‘alla hosilidan Respublika bo‘yicha joriy yilning 1 iyul holatiga (tezkor maʼlumotlarga ko‘ra) 2 mln. 497 ming tn. (shundan: Davlat zaxirasiga 1 mln. 801 ming tn., Birja savdosiga 509,9 ming tn., Urug‘lik donga 185,9 ming tn.) boshoqli don qabul qilindi.
Jamg‘arilgan 2 mln. 497 ming tn. bug‘doyning 2 mln. 310 ming tonnasi yoki 99,96 foizi 3-sinfni, 905 tonnasi yoki 0,04 foizi 5-sinfni tashkil qiladi.
Jamg‘arilgan bug‘doyni o‘rtacha namligi 12,2 foizni, iflosligi 3,2 foizni, donli aralashmasi 5,6 foizni, naturasi 752 g/lni, kleykovina miqdori 23 foizni, IDK ko‘rsatkichi (kleykovina deformatsiyasini o‘lchash asbobi) II gruppani, shaffofligi o‘rtacha 52 foizni tashkil etadi.
Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati bo‘yicha Inspeksiyaga 207 ta nizoli holatlar bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, barchasi joyida hal etildi. Shundan, 58 ta holatda bug‘doyning namligi va iflosligi chegaralangan meʼyordan yuqoriligi, 36 ta holatda bug‘doyning sinfi, 113 ta holatda mavsumda don topshirish tartibi bo‘yicha nizolar hal etildi.
Mavsumda “O‘zagroinspeksiya” tomonidan qabul qilinayotgan bug‘doyni sifati va saqlanishi hamda “davlat zaxirasiga” (ko‘k), “birja savdosiga” (sariq) va urug‘lik don uchun (qizil) rangli yuk xatlari bo‘yicha qabul qilinishi qatʼiy nazoratga olingan.
S. Zuparov, Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i