Ру Ўз O`z En

2023-yil hosili uchun yer tekislash va pushta olish ishlari sifatli o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida

3 Mart 2023 1981

Bugungi kunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng asosiy agrotexnik tadbirlardan biri – yerlarni tekislash va pushta olish ishlaridir.

Xususan, yer tekislash va pushta olish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hisobiga, erta bahordagi agrotexnik tadbirlar qisqaradi, yer yetilishi bilan chigit ekishga erta imkon yaratiladi, shuning hisobiga yoqilg‘i-moy sarfi tejaladi, suv tanqis yillari ekish oldidan sug‘orish o‘tkazish uchun bahorda jo‘yak olish ishlari soni kamayadi.

Joriy yilda Respublika hududlarida 645 ming 198 gektar maydonda yer tekislash va 301 ming 374 gektar maydonda pushta olish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Respublika hududlarida bugungi kungacha 462 ming  gektar yoki 71 foiz maydonda yer tekislash hamda 129 ming gektar yoki 43 foiz maydonlarda pushta olish ishlari amalga oshirildi.

Inspeksiya tomonidan hududlarda yer tekislash va pushta olish ishlarini amalga oshirilishida 308 ming 489 gektar maydonda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, nazorat tadbirlari davomida 2672 ta fermer xo‘jaliklarining 30 ming 545 gektar yer maydonlarida ushbu tadbirlar sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish uchun sohaga masʼul bo‘lgan tashkilot va idoralarga 9 ta taqdimnomalar kiritildi, shu bilan birga, sifatsiz yer tekislash va pushta olish ishlarini amalga oshirgan 2 974 ta fermer xo‘jaliklariga ogohlantirishlar berildi.

 

O‘zagroinspeksiya” Qishloq xo‘jaligida

agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

 

Text to speech