Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda 2025-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
G‘alla parvarishida yo‘l quyilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan va sifatli bartaraf etish yuzasidan, inspeksiya mutaxassislari tomonidan 2 ming 507 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari ogohlantirilib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mahalliy hokimlik va qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga 41 ta taqdimnoma va 19 ta yozma ko‘rsatmalar kiritildi.
Bugungi kunda, parvarishlanayotgan g‘alla maydonlari to‘liq tuplash fazasida rivojlanmoqda.
Jumladan, g‘allani mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirish, ularning zaxirasini yaratish ishlarining bajarilishi doimiy nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
G‘alla rivojini tezlashtirish va ko‘chatlarni zarur miqdorda bahorgi mineral o‘g‘itlar bilan 200 kg dan bahorgi 1-oziqlantirish 104,977 gektar (78%) maydonlarda amalga oshirilgan, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlari gektariga 3 tonnadan amalga oshirilmoqda.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Elmurodov Akbar Dilmurodovich