O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25 maydagi 95-sonli hamda 2022 yil 30 maydagi 284-sonli qarorlariga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarining elevatorlari va shaxobchalarida saqlanayotgan davlat zaxirasi va davlat resursidagi don va don mahsulotlarini xatlovdan o‘tkazish va “nol”ga tozalash ishlari kunlik monitoring qilib borilmoqda.
Tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 13-aprel kuniga 58 ta korxona va shaxobchalarning 11 tasida xatlovdan o‘tkazish ishlari to‘liq yakunlandi, 47 tasida xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
Korxonalar tomonidan olib borilayotgan xatlov va “nol”ga tozalash ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tegishli hujjatlarga asosan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.
Jumladan, “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarida vaqtincha saqlanayotgan hamda jamg‘arma hisobiga qabul qilingan donni saqlanishi va birja savdolariga qo‘yilishida bug‘doyni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kunlik monitoring ishlari ham olib borilmoqda.
2022-yil 1-iyuldan 2023-yil 13-aprelga qadar birja savdolari orqali 162 ta donni qayta ishlash korxonalariga 1 mln. 432 ming 103 tonna bug‘doy sotilib, qayta ishlangan un mahsulotlari jismoniy va yuridik shaxslarga birja orqali sotilgan.
Shu bilan birga, Inspeksiya mutaxasisslari tomonidan 2023-yil g‘alla tayyorlash mavsumiga don korxonalari va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalarining moddiy-texnika bazasi va laboratoriya jihozlarini mavsumga tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
K.Axmedov, Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i