Ру Ўз O`z En

INSPEKSIYA TIZIMIDAGI XODIMLAR UCHUN SEMINAR-TRENINGLAR BOSHLANDI

13 Yanvar 2022 1507

Bugundan boshlab "O‘zagroinspeksiya" tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning kasbiy mahoratini yana-da oshirish va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “ZOOM” platformasida tashkil etilgan bir haftalik o‘quv seminar-treninglariga start berildi.

Bugun taqdim etilgan prezentatsiyalarda tizimda huquqiy taʼminlash va xalqaro-huquqiy munosabatlar faoliyat yo‘nalishlari va Tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarni xabardor qilish tariqasida o‘tkazish tartibi, huquqiy atamalarning maʼnosi hamda tekshirishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Huquqiy-taʼminlash va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi boshlig‘i X. Masharipov - xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini yetkazish- huquqiy taʼminlash (yuridik xizmat) faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek tadbirda so‘z olgan Maʼmuriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev maʼruzasidan tekshirish o‘tkazish tartibi, xabardor qilinmasdan o‘tkaziladigan tekshirishlar  holatlari haqida batafsil maʼlumotlar o‘rin oldi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Markaziy apparat tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarlarda tizimdagi 200 ga yaqin xodimlar qamrab olindi. Seminar -treninglar 25 yanvargacha davom etadi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech