Ру Ўз O`z En

  Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda muayyan ishlar amalga oshirildi

28 Iyul 2023 2825

Toshkent viloyatida  jami 28 ming 130 ta qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilish texnika hamda agregatlari mavjud bo‘lib, 2023-yil yanvar-iyun oylarida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan yana 1 ming 239 ta texnikalar ro‘yxatga olingan, shundan 1 ming 82 ta texnikalarga davlat raqam belgilari berilishi taʼminlangan.

Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha joriy yilning shu davrigacha 1 ming 395 ta qishloq xo‘jalik texniklariga yangi namunadagi plastik shaklda texnik pasportlar rasmiylashtirildi, qolaversa, 900 ta fuqarolarning eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomalari yangi shaklga almashtirib berildi.

Viloyatdagi 8 ming 804 ta qishloq xo‘jalik texnikalarini yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rsatilgan davlat xizmatlari evaziga 1 milliard 707 million so‘mdan oshiq mablag‘lar undirilishi taʼminlandi.

agroinspeksiyaning texnika nazorati sohasidagi xodimlari tomonidan sohada qonun ustuvorligini taʼminlash va qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish talablariga rioya etmagan huquqbuzarlarga nisbatan 101 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda  jarimalar belgilangan.

Bugungi kunda viloyatning ushbu sohaga masʼul bo‘lgan xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari jadal surʼatlarda davom etmoqda va aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tegishli tartibda taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.

R.Shermatov – “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi

 

Text to speech