Ру Ўз O`z En

Paxta yig‘im-terimi mavsumida Agroinspeksiya tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda

13 Sentyabr 2022 1346

Joriy yilda Toshkent viloyati bo‘yicha 8 ta achilik klasterlari va 1 ming 187 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 72 ming 161 gektar maydonda paxta yetishtirilib, xirmonga 250 ming 300 tonna oq oltin yig‘ib olish rejalashtirilmoqda. paxta yetishtiruvchi tumanlarda tashkil etilgan 6 ta paxta to‘qim

Yig‘ib-terib olingan paxta hosilini sifatli va o‘z vaqtida qabul qilib olishda viloyatdagi mavjud paxta to‘qimachilik klasterlariga qarashli jami 30 ta paxta qabul qilish maskanlarining 24 tasi mavsumga tayyor holga keltirilgan bo‘lib, qolgan 6 tasida kapital taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilishi arafasida.

Viloyatda 2022 yil paxta yig‘im-terimi uchun talab etiladigan zaruriy inventarlar zaxirasi hozirlangan bo‘lib, terimchilar uchun 158 ta dala shiyponlari, chekka hududlardan jalb qilingan uyushmagan aholidan iborat hasharchilar uchun 666 ta fuqarolar xonadonlarida yotoq manzillari tashkil etilib, zaruriy shart-sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yilgi paxta mavsumida jami 1 ming 339 ta terim otryadlari shakllantirilgan bo‘lib, 115 mingdan ziyod terimchi jalb etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklari tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilishda yuzaga keladigan nizolarni joyida hal etish hamda paxta xom-ashyosining sifati, navi, iflosligi va namligi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari to‘g‘ri o‘tkazilishi bo‘yicha Toshkent viloyati va tumanlarda 6 ta hududda hamda 8 ta tumanda alohida Arbitraj guruhlari tashkil etildi.

Arbitraj (hududiy va tuman) guruhlari fermer xo‘jaliklari tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilishda yuzaga keladigan nizolarni joyida hal etish hamda paxta xom-ashyosining sifati, navi, iflosligi va namligi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan doimiy ishlar tashkil etilgan.

ShShaymanov, “O‘zagroinspeksiya" Toshkent viloyat boshqarmasi “Paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish” bo‘limi katta inspektori

Text to speech