Ру Ўз O`z En

Qo‘shrabotda texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan 13 nafar fuqaroga nisbatan chora ko‘rildi

9 Iyul 2021 1946

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan, Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, 13 ta holatda qishloq xo‘jaligi mashinalaridan texnik jihatdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Mazkur Qonunbuzilishi holatlarini sodir etgan 13 nafar fuqaroga nisbatan, 5 mln  136 ming  500 so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Xususan, o‘tkazilgan monitoring-tahlillar davomida, tumanning “Novkat” mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.K, “QuvkallaMFY da yashovchi R.P. hamda “Qovunchi” mahallasida yashovchi E.J lar tomonidan, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda huquqiy taʼsir chorasi qo‘llanildi.

-Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 58 dona davlat raqam belgisi,  179 dona texnik pasport berildi. Inspektorlarning saʼy-harakati bilan  190 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, 56 dona texnika ro‘yxatga qo‘yildi hamda 37 nafar fuqarolarga yangi plastik ko‘rinishdagi traktorchi-mashinist guvohnomasi berildi, - deydi Inspeksiyaning Qo‘shrabot tumani bo‘limi katta inspektori G‘iyosiddin Salimov.

Ayni kunlarda inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan 638 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining elektron bazasi shakllantirildi. Qishloq xo‘jaligi texnikalariga oid davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida va yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jarimalardan tushgan jami 58 mln 253 ming 890 so‘m miqdoridagi mablag‘lar davlat byudjetiga undirildi. 

Agroinspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

 

Text to speech