Ру Ўз O`z En

Urgut tumanida 12 ta holatda suvdan noqonuniy foydalanishning oldi olindi

15 Iyul 2022 1527

"O‘zagroinspeksiya" Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan Inspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan nazorat-monitoring tadbirlarining sifat va samaradorligini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning Urgut tuman bo‘limi xodimlari suv sohasidagi qonunchilik ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda keng qamrovli nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqdalar.

Jumladan, iyul oyi mobaynida suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish, suv isrofgarchiligiga yo‘l quymaslik maqsadida Urgut tuman Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbarlari bilan hamkorlikda tumandagi “Darg‘om-1” nasos stansiyasining “G‘ijduvon” yo‘nalishidagi yuqori bosimli suv quvuriga 12 ta holatda kelgusida suvdan noqonuniy ravishda foydalanish maqsadida tirqishlar o‘rnatilganligi aniqlanib, mazkur tirqishlar payvandlash apparati yordamida berkitib tashlandi.

Buning natijasida 12 ta holatda suvdan noqonuniy foydalanishning oldi olindi hamda tumandagi 210 gektar ekin maydonlariga suvni chiqib borishi yaxshilandi.

Jumladan, joriy yilning olti oyi mobaynida suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish, suv isrofgarchiligiga yo‘l quymaslik maqsadida jami 134 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 105 ta holatda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Shundan 29 nafar shaxslarga maʼmuriy choralar ko‘rilib, 1 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar yuborilgan. 68 ta holatda ko‘rsatma va 93 ta holatda qonunbuzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilgan.

Natijada 93 ta holatda suvdan noqonuniy foydalanishning oldi olindi hamda tumandagi 14 000 gektar ekin maydonlariga suvni sifatli borishi yaxshilandi. 

O‘zagroinspeksiyaning Urgut tuman bo‘limi

Text to speech