2025-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Surxondaryo viloyati boshqarmasida videoaloqa (ZOOM) konferensiya shaklida Agroinspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizimidagi barcha xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni mazmun mohiyati bilan tanishtirish maqsadida seminar o‘tkazildi
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi faoliyat ko‘rsatuvchi devon bosh inspektori A.Baxramov hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi xodimi A.Murodovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi
Seminar ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va sohadagi yangiliklar haqida batafsil tushuncha berildi.
* Xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.
* Shu bilan birga, «O‘zagroinspeksiya»ning 07.01.2025-yildagi 02/5-4-32-sonli xati ijrosi taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Qudrating yuksalsin, mening armiyam” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi va davra suhbati o‘tkazildi.