"O‘zagroinspeksiya" tomonidan 2024-yil paxta yig‘im-terim mavsumida qatnashadigan paxta tashish texnikalari, jumladan transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash ishlarining borishi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Joriy yilgi mavsumda respublika bo‘yicha jami 15 281 dona transport traktorlari va 24 280 dona tirkamalarni mavsumga tayyorlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu texnikalarining jumladan, transport traktorlarining 9 018 donasi (59%) va tirkamalarning 12 383 donasi (51%) oxirgi 5 yilda xarid qilingan texnikalar tashkil etadi.
Bugungi kun holatiga Respublika bo‘yicha jami 12 365 dona (81%) transport traktorlari va 13 127 donasi (54%) tirkamalarni taʼmirlash ishlari yakunlandi.
Qolgan texnikalarni ham qisqa muddatlarda mavsumga tayyor holatga keltirish bo‘yicha taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Bu yildan boshlab Hududlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan mobil ustaxonalar va kerakli ehtiyot qismlar sotuv shahobchalari texnikalarni taʼmirlash maskanlarida tashkil etilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yaratilgan ushbu qulayliklar natijasida texnika egalarining ehtiyot qismlarni xarid qilish uchun bozorma-bozor yurib ortiqcha vaqt sarf bo‘lishining oldi olinmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" tomonidan texnikalarning sifatli taʼmirlanishini nazorat qilishda asosan, texnikalarning shinalari va yoritish chiroqlarining sozligiga, nur qaytargichlar bilan jihozlanganligiga, shuningdek, tirkamalar setkalarining butligi va burish moslamasi (dishlo) ning sozligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
"O‘zagroispeksiya" Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi