Ру Ўз O`z En

Agroinspeksiya huzuridagi Markazda "Kasbiy ma'rifat" soatlari o'tkazildi.

10 Aprel 2023 1459

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda "O'zagroinspeksiya"ning tegishli buyruqlariga asosan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Xukumatining qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ xuquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida, hamda sohaga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar", "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, erishilgan natijalar va istiqbolli vazifalar to‘g‘risida", "Dorivor o‘simliklar yetishtirish sohasiga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar" hamda "Respublikada g‘allachilikni rivojlantirishga oid 2021-2022-yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mohiyati, amalga oshirilgan natijalar va galdagi vazifalar to‘g‘risida" gi  mavzularda videodarsliklar asosida "Kasbiy ma’rifat" soatlari o‘tkazilib, Markaz xodim va mutaxassislarining mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi ta'minlanmoqda.

 

"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" Davlat unitar korxonasi

Text to speech