Ру Ўз O`z En

Agroinspeksiyada Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

31 Avgust 2022 1586

Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan "O‘zagroinspeksiya" markaziy apparati va uning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

 

Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Inspeksiya markaziy apparati va Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ravnaqi yo‘lidagi ishlarida munosib hissa qo‘shayotgan, tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan 34 nafar boshqaruv xodimlari hamda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar munosib taqdirlandilar.

Tantanali o‘tgan mazkur bayram tadbirini Agroinspeksiya rahbari A.Vaxabov ochib berib, barchani mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan qutlagan holda, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdilar:

- Inspeksiya tizimida qishloq xo‘jaligi sohasini o‘zining bilimi, intiluvchanligi va tirishqoqligi bilan rivojlantirishni taʼminlayotgan, sovuqni sovuq, issiqni issiq demay dehqonlar bilan bab-baravar ter to‘kib ishlayotgan xodimlarimiz talaygina.

Eng quvonarlisi, o‘sib kelayotgan yosh kadrlarimizning ham bu boradagi yutuqlari eʼtirofga loyiq.

O‘zagroinspeksiya” qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi ham aynan ana shunday fidoiy, o‘z kasbining yetuk mutaxxassislari jamlangan dargoh desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilayotgan GMO va kasalliklarni aniqlash laboratoriyasining barpo etilishini ham Markaz rahbariyati va xodimlarining kechani kecha demay qilgan mehnatlari samarasi ekanligini barchamiz ko‘rib, bilib turibmiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mustaqil vatanimizning gullab-yashnashi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari, Inspeksiya tizimining rivojlanishi, qolaversa, mamlakatning iqtisodiy va agrar sohasiga qo‘shgan munosib hissasi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda tashabbuskorligi uchun Inspeksiya markaziy apparati hamda Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimlariga o‘z tashakkurimizni bildirishni niyat qildik.

Shundan so‘ng, bir guruh faol xodimlarga Rahbariyatning tashakkurnomalari topshirildi. 

Ayniqsa, tizimda ozchilikni tashkil etadigan ayollarga ko‘rsatilgan alohida ehtirom ularning kelgusi ish faoliyati samaradorligini yana-da oshirishga muhim omil bo‘ldi, deyish mumkin.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech