Bu yilgi ob-havoning injiqliklariga qaramasdan Qiziltepalik bobodehqonlar paxtadan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.
«O‘zagroinspeksiya»ning Qiziltepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan, g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilda tumanda 7 ming 100 gektar maydonda parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining hozirda 5 ming gektari 13-14 ta hosil shox va 2,1 ming gektari 15-16 hosil shox fazasida rivojlanmoqda.
Tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan avgust oyida g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda kultivatorlardagi ishchi organlari soni, himoya vositalari bilan o‘ralganligi va ishlov berish sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mavjud 180 dona kultivatorlar bilan bir kunda o‘rtacha 925 gektar g‘o‘za maydonida kultivatsiya ishlari olib borilmoqda. Paxtadan mo‘l hosil yetishtirishda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda bugungi kunga qadar, to‘liq maydonlarda gektariga 800 kilogrammdan mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, 3,5 marta g‘o‘za bargidan oziqlantirildi. Bugungi kunda g‘o‘zani defoliatsiya qilish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, defoliatsiya o‘tkaziladigan 25,1 ming gektar maydonlarga to‘liq defoliantlar zaxirasi yaratilgan.
Mavsum davomida g‘o‘za agrotexnikasi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida mahalliy hokimliklarga 2 ta taqdimnoma, tadbirkorlik subyektlariga 95 ta ogohlantirish xatlari berilgan bo‘lib, 7 ta fuqarolarga nisbat vakolat doirasida maʼmuriy choralar ko‘rilgan hamda 2 ta fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sud organiga yuborilgan.
Inspeksiyaning Qiziltepa tuman bo‘limi bosh mutaxassisi E.Azimov.