Ру Ўз O`z En

G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR O‘TKAZILISHI “O‘ZAGROINSPEKSIYA” TOMONIDAN MUNTAZAM NAZORAT QILIB BORILMOQDA

23 May 2025 100

Joriy yilda respublikada 122 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari va 28707 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 875,6 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda.

Bugungi kunda, g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi va kelgusida g‘o‘zada mo‘l hosil yaratish maqsadida joylarda “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlanishicha, hozirgi kunda g‘o‘za maydonlarining 26 ming gektari 3 foizi 3-4 chinbarg, 550 ming gektari 5-6 chinbarg, 284 ming gektari shonalash va 16 ming gektar gullash fazasida rivojlanayotganligi aniqlandi.

Joriy yil mavsumida g‘o‘za qator oralariga ishlov berish maqsadida hududlarda 18 ming 617 dona kultivatorlar ishtirok etib, bugungacha g‘o‘za qator oralarida 2,2 marta kultivatsiya ishlari o‘tkazilib, shu bilan birgalikda to‘liq maydonlarda bir marta chuqur yumshatish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari 809,7 ming gektar va   sug‘orish ishlari 24,4 ming gektar maydonlarda o‘tkazilgan bo‘lib, chopiq qilish va suspenziya sepish ishlari to‘liq maydonlarda 2 marta bajarilgan. Zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida g‘o‘za maydonlariga 1,7 marta oltinko‘z va 1,6 marta trixogramma biomahsulotlari chiqarilganligi aniqlandi.

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan g‘o‘za parvarishi bo‘yicha 15 748 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlari davomida 9 106 nafar fermer xo‘jaliklarining 54 801 gektar g‘o‘za maydonlarida kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda soha mas’ullariga 70 ta taqdimnomalar kiritilib, fermer xo‘jaliklariga 15 058 ta ogohlantirish va 620 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

Mavsum davomida, hududlarda g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi.

                                                                                                                                                              Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech