Ру Ўз O`z En

Agrotexnik tadbirlarda aniqlangan kamchiliklar ortidan ogohlantirish va ko‘rsatmalar berilmoqda

9 Fevral 2022 1530

Joriy yilda Respublikada 1 mln 30 ming 464 gektar suvli maydonlarda g‘alla parvarishlanmoqda.

Hududlarda g‘alla maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida aniqlanishicha ayni paytda, to‘liq maydonlarda nihol unib chiqqanligi va g‘alla maydonlarining 146 ming 274 gektari yoki 14 foizi 3-4 barg hamda 884 ming 190 gektari yoki 86 foizi tuplash fazasida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Bugungi kunda, g‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi birinchi oziqlantirish (ga 200 kgdan) ishlari qizg‘in pallaga kirgan bo‘lib, Respublika bo‘yicha 340,2 ming gektar yoki 33 foiz maydonda oziqlantirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, g‘alla maydonlariga mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlari yuzasidan hududiy inspektorlar tomonidan kunlik nazorat tadbirlari o‘tkazilib borilayotgan bo‘lib, fevral oyida har gektar g‘alla maydonlariga 3 tonnadan jami mln 91,3 ming tonna mahalliy o‘g‘it jamg‘arish belgilanib, amalda 529,9 ming tonna yoki 17 foizga jamg‘arilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida bir qator hududlarda g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarning buzilishiga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.

Jumladan, boshoqli don ekinlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha mavsum davomida inspektorlar tomonidan jami 1 mln 162 ming 817 gektar maydonlarda nazorat tadbirlari o‘tkazib, shundan 15105 ta subyektlarning 372 ming 501 gektar maydonlarda agrotexnik tadbirlar buzilganligi kuzatildi.

Misol uchun, g‘alla sifatsiz va kech ekilishi natijasida 1033 ta subyektlarda 8293 gektar maydonlarda g‘alla siyrak unib chiqqanligi,                 461 ta subyektlarda 5308 gektar maydonda g‘alla sarg‘ayib rivojdan orqada qolganligi, 822 ta subyektlarda 9086 gektar maydonda azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilganligi, 482 ta subyektlarda 4300 gektar maydonlar bugungacha g‘o‘zapoyadan tozalanmaganligi va 3267 ta subyektlarda 41927 gektar maydonlari uchun mahalliy o‘g‘it jamg‘arilmaganligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida oldini olish yuzasidan fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga 8152 ta ogohlantirish, 5781 ta ko‘rsatma berilib, mahalliy hokimlik va idoralarga 306 ta taqdimnoma kiritildi hamda aybdorlarga nisbatan 84 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.  

 

Qishloq xo‘jaligida Agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

 

Text to speech