Ру Ўз O`z En

Agrotexnika tadbirlari sifatsiz o‘tkazilgani yuzasidan taʼsir choralari ko‘rilmoqda

10 Iyun 2021 2374

Andijon viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitlarida g‘o‘za parvarishida o‘ziga xos agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.

Shu nuqtai nazardan fermerlar va joylardagi masʼul xodimlar g‘o‘za navlarini morfologik va biologik xususiyatlarini va viloyatning turli tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, g‘o‘za navlarini parvarishlashda “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan joriy yilda paxtadan kafolatli, mo‘l va sifatli hosil olinishini taʼminlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

 

 G‘o‘za qator oralariga ishlov berishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi gommoz, ildiz chirish kasalliklarining oldini olib, g‘o‘zani durkun o‘sib-rivojlanishini taʼminlaydi. Shu maqsadda bugungacha viloyat bo‘yicha g‘o‘za maydonlarida 4,0 marta kultivatsiya ishlari sifatli amalga oshirildi.

Inspeksiyaning qatʼiy nazorati asosida joylarda kultivatorlarni “otryad” va “naryad” usulida ishlatilishi taʼminlanib, mavjud 1770 ta kultivatorlarni to‘liq mavsumga jalb etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Bo‘ston tumanidagi Ozod, Shodmonov, Jalaquduq tumanidagi Qatortol, Yorqishloq, Beshtol, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qo‘rg‘ontepa, Do‘stlik, Qahramon hududlarining har birida 180-220 gektar, Ulug‘nor tumanidagi Istiqlol, Guliston hududlarida 220-250 gektar maydonlarda sifatsiz, kesakli va sayoz kultivatsiya o‘tkazilganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan fermer xo‘jaliklariga nisbatan belgilangan taʼsir choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, nazorat tadbirlari davomida, Andijon tumanidagi “Vodiy klaster tekstilMCHJ, Paxtaobod tumanidagi “Sarvinoz parvoz”, “G‘aniboy Moʻtabarxon”, Baliqchi tumanidagi “Modern agrokultur” kabi fermer xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlarida kultivatorlar ishchi organlari yaroqsiz hamda to‘liq butlanmagan holda ishlatilayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Nihollarning yaxshi o‘sib-rivojlanishi, yuqori va sifatli hosil berishi uchun ularni qo‘shimcha ravishda bargdan oziqlantirishda suspenziya va stimulyatorlarni sepishni taqozo etadi. Shu maqsadda, viloyat bo‘yicha mavjud 568 ta purkagichlar mavsumga jalb etilib, g‘o‘za maydonlari 2,7 marta suspenziya bilan bargidan oziqlantirilgan.

Biroq, viloyatda g‘o‘zani so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha ham bir qator kamchiliklar aniqlangan, jumladan nazorat tadbirlari davomida ayrim hududlarda g‘o‘za maydonlari atroflarini ISO eritmasi bilan ishlash, suspenziya sepish, meʼyor bo‘yicha feromon tutqichlarni o‘rnatish, profilaktika uchun biomahsulotlar bilan ishlov berish tadbirlari talab darajasida tashkil etilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan g‘o‘za parvarishida 1877 ta holatda 7465 gektar maydonda, shundan, 320 ta holatda 1397 gektarda sifatsiz kultivatsiya o‘tkazish, 50 ta holatda 270 gektarda sifatsiz yagona qilish, 520 ta holatda 2610 gektar maydonlarni begona o‘tlardan tozalamaslik, 142 ta holatda 521 gektar g‘o‘za maydonlarini shira-trips bilan zararlaganligi, 86 ta holatda 250 gektar o‘rgimchakkana bilan zararlangan maydonlarga ishlovlar o‘tkazilmaganligi aniqlanib, bu holatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari, tegishli tashkilot va korxonalarga 846 ogohlantirish va 165 ta ko‘rsatmalar berilgan hamda 18 ta tuman hokimliklariga taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyatda 2021 yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan barcha agrotexnik tadbirlar “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, dehqonlarimiz bilan hamkorlikda mo‘l hosil uchun zamin yaratilmoqda.

 

U. Muhammedov, Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi “Agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi” katta inspektori 

Text to speech