Ру Ўз O`z En

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning hududiy tajriba stansiyalarida bugungi kundagi mavjud mevali daraxt hamda tok ko‘chatlari “O‘zagroinspeksiya” tomonidan tahlil qilindi.

24 Avgust 2021 5474

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 12 iyuldagi 575-sonli qarorining 2-bob, 11-bandi, d-kichik bandiga asosan, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur vazifalardan kelib chiqib, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, ushbu ilmiy tadqiqot institutining bugungi kunda Respublika bo‘yicha 15 ta hududiy tajriba stansiyalari faoliyat olib borayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur tajriba stansiyalarda, bugungi kunda kuz oylarida barpo etish maqsadida jami 6 mln 187 ming dona turli xil ko‘chatlar tayyorlangan bo‘lib, bular, 2 mln 964 ming dona mevali, 20 ming dona sitrus mevali va 3 mln 169 ming dona tok ko‘chatlari mavjud ekanligi aniqlandi.

Ushbu tayyorlangan ko‘chatlardan, 2 mln dona urug‘ mevalilar, 595 ming dona danak mevalilar, 153 ming dona yong‘oqmevalilar, 18 ming dona subtropik, 11 ming dona tut, 20 ming dona sitrus mevalilar va 3 mln 169 ming dona tok ko‘chatlari tayyorlanib, shundan, 1 mln 162 dona xo‘raki, 972 ming dona kishmishbop va 1 mln 35 ming dona vinobop navli ko‘chatlarni tashkil etadi.

Shuningdek, inspeksiyaning barcha hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan, tajriba stansiyalarda yetishtirilgan mevali daraxt va tok ko‘chatlariga fitosanitar sertifikati mavjudligi, ko‘chatlarga belgilangan tartibda nav guvohnomasi berilganligi, O‘zDSt 1192:2019 standart talablarga javob berishi hamda fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ushbu ko‘chatlarni o‘z muddatida yetkazib berilishi nazorat qilib boriladi. 

 

 “O‘zagroinspeksiya

katta inspektori Z.Ismatov

Text to speech