Joriy yilda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egadir
Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanida мavjud bo‘lgan g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli taʼmirlash ishlariga ham bu yil har yilgidan ertaroq kirishilgan.
Yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish uchun 2022 yilda jami 34 dona g‘alla kombaynlari qatnashishi rejalashtirilgan va ularning barchasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan "TCT Cluster” MCHJ XKga qarashli MTP MMTP binosiga yig‘ilgan bo‘lib, hozirda taʼmirlash ishlari yakunlanmoqda.
Mavsumga jalb etiladigan g‘alla o‘rish kombaynlarining 34 donasi yani 100 foizi yuqoridagi klasterga tegishli texniklardir.
Mazkur texnikalarni taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar «O‘zkeysservis» QK va «O‘zklaasservis» korxonalarining xodimlari tomonidan o‘rganilib chiqilib, taʼmirlashga talab etiladigan 710 mln.so‘mlik mablag‘i hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, kerakli ehtiyot qismlar taʼminot korxonalaridan o‘z vaqtida yetkazib berilgan va sifatli taʼmirlash ishlari "O‘zagroinspeksiya"ning tuman bo‘limi va tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olinishi natijasida shu kunga qadar 29 donasi yoki 85 foizi taʼmirdan chiqarilgan.
G‘alla o‘rish kombaynlarining barchasi zamonaviy yuqori unumli kombaynlarni tashkil etib, eski rusumdagi g‘alla o‘rish kombaynlarini dalaga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga asosan 2022 yil g‘alla o‘rimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni taʼmirlashni yakunlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib borilmoqda hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
O. Baratov, «O‘zagroinspeksiya»ning Quyichirchiq tuman bo‘limi Texnikalar holatini nazorat qilish sho‘basi katta inspektori