Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yetishtirilayotgan mahsulotlar, erishilayotgan yutuqlar aks etgan ko‘rgazma va arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkillashtirildi.

27 Fevral 2025 451

Navoiy viloyat hokimi N.Tursunov, Qiziltepa tuman hokimi B.Bobomurodov hamda Agroinspeksiyaning Qiziltepa tuman bo‘lim boshlig‘i Z.Karimov hamda tuman mutaxassislar tomonidan bir guruh qiziltepaliklarning mehnatlari eʼtirof etilib,tomorqasidan samarali foydalanayotgan fuqarolarga motokultivator olish uchun sertifikatlar topshirildi. 

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi uchun yangi mavsum oldidan qiziltepalik fermerlarga yangi yirik texnikalarning kalitlari topshirildi. Bu gal qiziltepaliklar 1 ta g‘alla o‘rimi kombayni va 10 ta yuqori unumli traktorlar xarid qilishgan.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu