Ру Ўз O`z En

Andijon: yer qonunbuzarlik natijasida hisoblangan zararlar aybdor shaxslardan undiriladi

1 Iyul 2024 1256

O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarlaridan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan,Asaka tumani G‘.Yoqubov nomli massividagi “Oq bo‘yra agro” fermer xo‘jaligi fermer xo‘jaligi foydalanuvidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 368-konturdagi 75 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlardan fuqarolar T.P, E.G‘, R.T, I.Mlarning har biri tomonidan 0.06 gektar maydon o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, jami 0.0275 gektar maydonga noqonuniy beton poydevor va uy-joy qurilishi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Fuqaro M. I. tomonidan Asaka tumani “Sharq Haqiqati” massividagi “Ozod tarovati” fermer xo‘jaligi foydalanuvidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 22-konturdagi 68.8 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlardan fuqaro Murotov Ilhom tomonidan 0.012 gektar maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 0.0115 gektar maydonga noqonuniy uy-joy qurilishi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqargan.

Fuqaro Yo. B. tomonidan Asaka tumani “G‘alaba” massividagi “Saboli tong muruvvati” fermer xo‘jaligi foydalanuvidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 328-konturdagi 64.1 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlardan 0.06 gektar maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 0.0610 gektar maydonga noqonuniy uy-joy qurilishi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqargan. Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarganligi natijasida 60 mln 958 ming 271 so‘m zarar yetkazilgan.

Fuqaro A. D. tomonidan Asaka tumani “G‘.Yoqubov” massividagi “Asaka ipak tola” MCHJ foydalanuvidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 58-konturdagi 76.5 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlardan 0.06 gektar maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 0.0120 gektar maydonga noqonuniy beton poydevor qurilishi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqargan. Buning natijasida 14 mln 311 ming 575 so‘m zarar yetkazilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jalik muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomida o‘zboshimchalik bilan  yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorlari hisoblanganda 7 ta holatda jami 156 mln 356 ming 302 so‘mni tashkil etadi.

Yuqoridagilarga asosan, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilib olgan jismoniy shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish va yetkazilgan zarar miqdorini aybdor shaxslardan undirib, yer qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

A.MamadjonovK.Mamadjanov Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassislari;       

Text to speech