Andijon viloyatining mirishkor dehqonlari 2022 yil g‘alla hosili uchun 2021 yil kuzdan boshlab shu kungacha 76 ming gektar g‘alla maydonlarida 608 ming tonna yoki har gektaridan o‘rtacha 80 sentnerdan yuksak g‘alla xirmonini yaratish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmoqdalar.
Albatta, bunday ulkan hosilni o‘z vaqtida nes-nobud qilmay, sifatli yig‘ib terib olish viloyatdagi mavjud yuqori unumli 257 dona kombaynlar yordamida amalga oshiriladi.
Xo‘sh, joylarda o‘rim yig‘im mavsumiga tayyorgarlik qanday olib borilmoqda?
O‘rganishlar davomida, viloyatdagi mavjud barcha rusumdagi don o‘rish kombaynlarida markazlashgan holda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda 217 dona yoki 84% kombaynlarda taʼmirlash ishlari yakunlangan va 40 dona yoki 16% kombaynlarni taʼmirlash ishlari jadal davom etmoqda.
Tumanlarda ishchi guruh aʼzolari tomonidan joriy yilning aprel-may oylarida taʼmirlash ishlari uchun 4 mlrd 329 mln so‘m pul mablag‘ o‘zlashtirilgan bo‘lib, viloyatning Marhamat, Shaxrixon va Paxtaobod tumanlarida bir so‘m ham o‘zlashtirilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, taʼmirlanmasdan turgan kombaynlardan, Xo‘jaobod tumanida 2 dona (fermer xo‘jaligiga qarashli) Klass kombaynlari hech qanday hujjatlarsiz Paxtaobod tumaniga sotilgan va taʼmirlash ishlariga kirishilmagan.
Bundan tashqari, Ulugnor tumani Agroservis MTP MCHJga qarashli 6 dona kombaynlar, Qo‘rg‘ontepa Agroservis MTP MCHJga qarashli 6 dona kombaynlar, Xo‘jaobod tumani Agroservis MTP MCHJga qarashli 1 dona kombayn va Paxtaobod Agroservis MTP MCHJga qarashli 6 dona kombaynlarni taʼmirlash ishlariga pul mablag‘lari o‘zlashtirilmaganligi sabab qilinib, shunday tashlab qo‘yilgan.
Mavsumga tayyorlangan kombaynlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyatning Izboskan tumanidagi 25 dona yuqori unumli don o‘rish kombaynlari to‘liq taʼmirdan chiqarilib, bugungi kunda zarur sinovdan o‘tkazilmoqda.
Kombaynlarni taʼmirlash uchun talab etiladigan pul mablag‘larini o‘zlashtirilishi va taʼmirlanishi bo‘yicha Agroinspeksiya tomonidan kunlik nazoratga olingan va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etib boriladi
A.Komilov, “O‘zagroinspeksiya” Andijon viloyat boshqarmasining “Texnikalar holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi” bosh inspektori
U.Abdullayev, “O‘zagroinspeksiya” Andijon viloyat boshqarmasining “Jamoatchilik bilan aloqalar” bo‘limi bosh inspektori