Ру Ўз O`z En

Andijon: Qishloq xo‘jaligi texniklaridan foydalanishda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

30 Sentyabr 2021 1537

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Hukumatning “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish” to‘g‘risidagi 325-sonli qarori ijrosini joylarda bajarilishini nazorat qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 990 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 25 tasi tekshirish va 965 tasi monitoringlarni tashkil etadi. O‘tkazilgan 25 ta tekshirishlarning 8 tasi tegishli tartibda Tadbirkorlarni himoya qilish vakilligidan ruxsat olingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, qolgan 17 tasi davlat korxonalarida tashkil etilgan.

Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 748 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Ushbu qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 273 ta yozma ko‘rsatma, 5 ta tashkilotga taqdimnomalar kiritildi. 469 ta shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy choralar ko‘rildi.  1 ta maʼmuriy chora, tegishliligi bo‘yicha Sud organlari yuborildi.

Ko‘rilgan 695 ta maʼmuriy choralar natijasida, fuqarolarga nisbatan 89 mln. 528 ming 900 so‘mlik jarimalar qo‘llanilib, hisobot davrida 26 mln. 439 ming 100 so‘mlik jarimalar   100 foizlik, 42 mln. 612 ming 400 so‘mlik jarimalar soddalashtirilgan tartibda 70 foiz miqdorida undirilishi taʼminlandi.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida "O‘zagroinspeksiya"ning Andijon viloyat boshqarmasi va Andijon viloyat IIB YXXB hamkorligida qo‘shma reydlar tashkil etilib, har haftaning payshanba kuni har bir tumanda reyd o‘tkazilishi belgilab olingan. Joriy yilning 23 sentyabr kuni tumanlarda tuman Agroinspeksiya xodimlari va IIB YXXB lar bilan o‘tkazilgan qo‘shma reydlar natijasida  14 nafar shaxslar tomonidan qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, tegishli tartibda maʼmuriy choralar ko‘rildi. Kelgusida Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlar muntazam olib borilishi taʼminlanadi.

 

U. Abdullayev, Jamoatchili bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori,                                                                                              

A.Komilov, Texnika holatini nazorat qilish bo‘limi  bosh inspektori.                

Text to speech