O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Маҳкамасининг 17.04.2019 yildagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish” to‘g‘risidagi 325-sonli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalardan foydalanishni nazorat qilish "O‘zagroinspeksiya" zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu qaror ijrosini joylarda bajarilishini nazorat qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida 843 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 24 tasi tekshirish va 819 tasi monitoring. O‘tkazilgan 24 ta tekshirishlarning 7 tasi tegishli tartibda Tadbirkorlarni himoya qilish vakilligidan ruxsat olib amalga oshirilgan bo‘lsa qolgan 17 tasi davlat korxonalarida o‘tkazildi.
Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 631 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ushbu qonun buzilish holatlari bo‘yicha 212 ta yozma ko‘rsatma, 3 ta tashkilotga taqdimnomalar kiritildi. 415 ta shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy choralar ko‘rildi. 1 ta maʼmuriy chora, tegishliligi bo‘yicha Sud organlari yuborildi.
Ko‘rilgan 415 ta maʼmuriy choralar natijasida, fuqarolarga nisbatan 79 mln 682 ming 100 so‘mlik jarimalar qo‘llanilib, hisobot davrida 27 mln 505 ming 100 so‘mlik jarimalar 100 foizlik, 34 mln 993 ming 800 so‘mlik jarimalar soddalashtirilgan tartibda 70 foiz miqdorida undirildi.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida "O‘zagroinspeksiya"ning Andijon viloyat boshqarmasi va Andijon viloyat IIB YXXB hamkorligida qo‘shma reydlar tashkil etilib, har haftaning payshanba kuni xar bir tumanda reyd o‘tkazilishi belgilab olingan. Joriy yilning 12 avgust kuni tumanlarda tuman Agroinspeksiya xodimlari va IIB YXXGlar bilan o‘tkazilgan qo‘shma reydlar natijasida 22 nafar shaxslar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tegishli tartibda maʼmuriy choralar ko‘rildi.
Kelgusida Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlar muntazam olib borilishi taʼminlanadi.
Jamoatchili bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori: U. Abdullayev
Texnika holatini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori: A.Komilov