Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmogʼini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-4576 qarori yuzasidan ushbu soha tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda naslchilik-selektsiya ishlarini tubdan yaxshilash boʼyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Shu asosda Inspektsiya viloyat boshqarma boshligʼining buyrugʼi ishlab chiqilib, unga koʼra, viloyatdagi mavjud 558 ta qoramolchilik, 83 ta parrandachilik, 63 ta qoʼychilik, 10 ta echkichilik, 457 ta baliqchilik, 22 ta asalarichilik, 7 ta quyonchilik, 7 ta yilqichilik, 7 ta pillachilik boʼyicha jami 1214 ta chorvachilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjaliklari koʼrsatgichlari toʼgʼrisida elektron baza shaklantirilib, ushbu xoʼjaliklarini belgilangan talablar asosida nazorat qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʼiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida” gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan nazorat oʼrnatilgan. Mazkur qarorga asosan joriy yilning oʼtgan davri mobaynida import qilingan nasldor qoramolchilik yoʼnalishidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan qarorda belgilagan talablar asosida subsidiya mablagʼlari olish yuzasidan viloyatda 2 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan tayyorlangan hujjatlar koʼrib chiqilib, yuqoridagi qaror talablariga toʼgʼri kelmaganligi sababli qaytarilgan va davlat byudjeti talon – taroj qilinishining oldi olinishiga erishildi.
Boʼlimlaridagi chorvachilik naslchilik ishini ustidan nazorat qilish katta inspektorlarini tomonidan joriy yilning 30 yanvargacha tumanlardagi chorvachilik ixtisoslashgan fermer xoʼjaliklaridan texnikalari va boshqa nizomdagi talablaridan kelib chiqib jami 25 mln 373 ming soʼm undirildi hamda Ulugʼnor tumanida joylashgan baliqchilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjalik rahbari ish yurituvchisiga “Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli” qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 74 modda, 2-qismiga binoan maʼmuriy jarima qoʼllanilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining.2017 yilda 16 sentyabrdagi “Halqaro tiklanish va taraqqiyot banki xamda halqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʼzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-3283-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xoʼjaobod tumanida chetdan naslli qoramollar olib kelinishi va parvarish qilinishi xamda naslchilik ishlarini rivojlantirish yuzasidan monitoring tadbiri olib borilib, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar yuzasidan tuman prokuraturasiga maʼlumotlar kiritildi.
Bundan tashqari, qabul qilingan sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tuman hokimliklari va xoʼjalik yurituvchi subʼektlar hamda boshqa tashkilotlarga 2021 yil yanvarь oyi yakuni bilan jami viloyat boʼyicha jami 136 ta nazorat tadbirlari oʼtkazilib, shundan 1 ta maʼmuriy, 4 ta taqdimnomalar, 92 ta yozma koʼrsatmalar, 45 ta ogohlantirish xatlari va boshqa sohaga oid boʼlgan meʼyoriy-hujjatlarga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli xoʼjalik yurituvchi subʼekt va davlat tashkilotlariga nazorat tadbirlari yuzasidan xatlari kiritilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi1 “Naslchilik maqomini berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 100-sonli qaror talablari bajarilishi boshqarmaning chorvachilik ishini nazorat qilish boʼlimi tomonidan nazoratga olinib, "Naslchilik xoʼjaligi" toifasiga oʼtkazilishida belgilagan talablar asosida qoramolchilik yoʼnalishi boʼyicha 4 ta naslchilik maqomini olish yuzasidan taqdim etilgan xujjatlar koʼrib chiqildi. Shundan 2 tasida hujjatlar toʼlaqonli rasmiylashtirmaganligi sababli qayta koʼrib chiqib, kamchiliklar bartaraf etilishi uchun qaytarildi.
N. Аshurov, “Oʼzagroinspektsiya” Аndijon viloyat boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish
boʼlimi bosh inspektori