Ру Ўз O`z En

Аndijonda gʼalla parvarishida mahalliy oʼgʼit jamgʼarish qay ahvolda?

13 Yanvar 2021 2451

Аndijon viloyati gʼallachilik sohasida hech mubolagʼasiz oʼz maktabini yaratgan viloyatdir. Bunday deyishimizga asos esa viloyatning qoʼli qadoq dehqonlari tomonidan oʼtgan 2020 yilda har gektar gʼalla maydonidan 67.9 sentner yoki 517 ming 398 tonna hosil olishga erishilganidir. Ushbu natijaga oʼz-oʼzidan kelib boʼlmaydi.

Gʼallani optimal muddatlarda ekib yakunlash uni sugʼorib, bir teks undirib olish, qish mavsumiga toʼliq tuplatib kiritish eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Аmmo uni keyingi parvarishida mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantirish, suspenziyalash, zararkunandalarga oʼz vaqtida ishlov berishdan tashqari mahalliy oʼgʼit bilan oziqlantirish, uni payhondan saqlash ham inkor qilib boʼlmas chora-tadbirlardan hisoblanadi.

Raqamlarga nazar tashlasak, viloyat boʼyicha 76 ming gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekilib boʼlib, bu maydonlar oʼtgan yilning 30 oktyabrida toʼliq yakunlanib sugʼorildi. Shu kungacha gʼalla maydonlarining 67 ming 536 gektari tuplash, 6 ming 462 gektarida 3-4 barg va 202 ming gektarida 1-2 barg fazasida rivojlanmoqda.

Gʼalla hosilidan yuqori hosil olish uchun boshoqli don yetishtirishda hududlarning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib zarur miqdordagi fosforli va kaliyli mineral oʼgʼitlar toʼliq yetkazib berildi va oziqlantirildi. Shu kunlarda gʼalla parvarishi boʼyicha maxalliy oʼgʼit jamgʼarish, har 5 gektar gʼalla ekilgan maydonlarga sharbat oʼra kovlash payxongarchilikka yoʼl qoʼymaslik uchun chetan bilan toʼsish ishlari olib borilmoqda.

Biroq, viloyatda yanvarь oyi davomida har-bir gektar gʼalla maydoniga 3 tonnadan jami 228 ming tonna mahalliy oʼgʼit jamgʼarish belgilangan boʼlib, bu ishga 200 ta agʼdarma yuk tashish ulovlari, 360 ta tirkamali traktorlar, 56 ta yuklagich texnikalar jalb qilingan boʼlsada, shu vaqtga qadar mahalliy oʼgʼit jamgʼarish 49,7 ming tonna yoki 21 foizga bajarilgan xolos.

Bir qator tumanlar tomonidan yetarlicha ish tashkil etilmaganligi sababli viloyat koʼrsatkichlari past boʼlib qolmoqda.

Jumladan, ushbu koʼrsatkich Shahrixon va Ulugʼnor tumanlarida 14 foiz, Boʼston va Marhamat tumanlarida 15 foiz miqdorida mahalliy oʼgʼit jamgʼarilgan. Xuddi shu tumanlarda sharbat oʼra kovlash ishlari ham talab darajasida tashkil etilmagan.

Misol uchun, birgina Ulugʼnor tumani Oq oltin hududidagi “Ulugʼnorlik Oʼtkirbek yeri”, Oʼzbekiston hududidagi “Soliyaxon yeri”, Shahrixon hududidagi “Bunyodkor magistral”, Mingbuloq hududidagi “Аsilbek kumush yeri”, Аndijon hududidagi “Bunyodkor magistral” klasteri fermer xoʼjaliklari tomonidan mahalliy oʼgʼitlar yetarli darajada jamgʼarilmagan.

Аgroinspektsiyaning Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan Gʼalla parvarishida mahalliy oʼgʼit jamgʼarish, sharbat oʼra kovlash, chetan toʼsiqlar bilan oʼrash ishlarini joylarga chiqib oʼrganish natijasida 423 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 1 ming 130 ta ogohlantirish xati, 35 ta taqdimnoma va 27 ta yozma koʼrsatmalar berildi.

Inspektsiyaning Аndijon viloyati boshqarmasi va tuman boʼlimlari tomonidan hududlarda 2020 yil hosili uchun parvarish qilinayotgan gʼalla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni oʼtkazilishi, shu jumladan mahalliy oʼgʼit jamgʼarish ishlarini bajarilishini doimiy nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʼrib borilmoqda.

 

U. Аbdullaev, "Oʼzagroinspektsiya" Аndijon viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech