Ру Ўз O`z En

“Arbitraj guruhlari”ga kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

29 Sentyabr 2021 1543

Toshkent viloyatida 2021 - yil paxta mavsumida 8 ta paxtachilik tumanlarida jami 30 ta paxta qabul qilish maskanlarida paxta xom ashyosini qabul qilish ishlari qizg‘in boshlab yuborilgan.

Bugungi kunga qadar viloyat tumanlaridagi mavjud 8 ta paxta to‘qimachilik klasterlari qoshidagi paxta tozalash korxonalariga qarashli 30 ta paxta qabul qilish maskanlarida 2021 - yil paxta hosilidan 245 350 tonna mo‘l-ko‘l hosil olish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish bo‘yicha, Inspeksiya oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, viloyat va tumanlarda hokimlik tomonidan tasdiqlangan paxta to‘qimachilik klasterlari qoshidagi paxta tozalash korxonalari hamda paxta qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda fermer xo‘jaliklar tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilish, miqdori va sifatini aniqlashda vujudga keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha inspeksiya mutaxassislaridan iborat Arbitraj guruhlari faoliyat olib bormoqda.

Bugunga qadar Toshkent viloyatida mavsum boshidan arbitraj guruhlariga kelib tushgan  57 ta nizoli holatdan 55 tasi fermer xo‘jaligi foydasiga va 2 tasi korxona foydasiga ijobiy hal etildi.

Jumladan, Bekobod tumanida 16 ta, Bo‘ka tumanida 7 ta, Oqqo‘rg‘on tumanida 8 ta, Piskent tumanida 6 ta, Chinoz tumanida 13 ta, Quyichirchiq tumanida 2 ta, Yuqorichirchiq tumanida 5 ta nizoli holat bo‘yicha klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklaridan tuman arbitraj guruhlariga yozma va og‘zki murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning aksariyatida qabul qilinayotgan paxta xom-ashyosining namlik va ifloslik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Arbitraj guruhi tomonidan qayta laboratoriya tahlillarini o‘tkazilib, adolatli yechim topish so‘ralgan va barcha murojaatlar ijobiy hal etilib, shaffoflik taʼminlab kelinmoqda. 

Buning natijasi o‘laroq, shu kungacha qabul qilingan paxta xomashyosining 76% dan ko‘proq qismini 1-nav paxta tashkil etmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman xodimlari tomonidan 2021 - yil paxta hosilini yog‘in-sochin kunlarga qoldirmay, nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda mavsum davomida yuzaga keladigan tomonlar o‘rtasidagi nizolarni adolatli hal etish bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

S. Sadikov, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i                                                                              

Sh.Shaymanov, Katta inspektor    

Text to speech