Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 4 - dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yana-da rivojlantirish maqsadida har yili futbol bo‘yicha «Bosh vazir kubogi» musobaqasini o‘tkazish belgilangan.
Uch yildan beri anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa o‘yinlari bu safar 5-10 noyabr kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun, 4 - noyabr kuni Turizm va sport vazirligida «Bosh vazir kubogi-2021» musobaqasiga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilgi musobaqada 43ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi. Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan qurʼa tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qatʼiy amal qilingan holda tashkil etildi.
Quyida «Bosh vazir kubogi-2021» anʼanaviy futbol musobaqasining 1/32 va 1/16 final bosqichidagi juftliklar bilan tanishing:
5 noyabr (1/32 final).
O‘yinlar soat 10:00dan boshlanadi
1. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – Taʼlim markazi
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi – Investitsiya va tashqi savdo vazirligi
3. Oliy Majlis Senati – Energetika vazirligi
4. Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi – AOKA
5. Maktabgacha taʼlim vazirligi – agro markaz
6. O‘zLiDeP – O‘zA
7. Agroinspeksiya – Davlat statistika qo‘mitasi
8. Adliya vazirligi – Moliya vazirligi
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Suv xo‘jaligi vazirligi
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – Madaniyat vazirligi
11. Yoshlar ishlari agentligi – Xalq taʼlimi vazirligi
6 noyabr (1/16 final), o‘yinlar soat 9:00dan boshlanadi
Turizm va sport vazirligi – 2-o‘yin g‘olibi
O‘zbekipaksanoat – O‘zMTRK
Transport vazirligi – 2-o‘yin g‘olibi
Oliy sud – 3-o‘yin g‘olibi
Davlat bojxona qo‘mitasi – 4-o‘yin g‘olibi
Markaziy bank – Davlat xizmatlari agentligi
Milliy olimpiya qo‘mitasi – 5-o‘yin g‘olibi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Davlat test markazi – 6-o‘yin g‘olibi
Din ishlari qo‘mitasi – Innovatsiya vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi – 7-o‘yin g‘olibi
8-o‘yin g‘olibi – O‘zgidromet markazi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – 9-o‘yin g‘olibi
10-o‘yin g‘olibi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi – Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi
11-o‘yin g‘olibi – Davlat soliq qo‘mitasi
Izoh: uchrashuvga jamoalar kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi. Qaysidir jamoa o‘yinga kelmasa, texnik mag‘lubiyat sababli keyingi o‘yin vaqti oldinga surilishi mumkin. Har bir jamoa o‘zi bilan futbol to‘plari, ikki komplekt forma (agar forma 1 komplekt bo‘lsa, manishka) olib kelishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2019 va 2020 - yillarda o‘tkazilgan «Bosh vazir kubogi» musobaqasida bosh sovrinni qatorasiga ikki yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi qo‘lga kiritgan.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati
O‘zA maʼlumotlari asosida tayyorlandi