Ру Ўз O`z En

Bosh vazir kubogi boshlandi, Agroinspeksiya jamoasi keyingi bosqichda!

5 Noyabr 2021 1445

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi-2021” musobaqalari tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasi mashg‘ulot maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan futbol musobaqalariga  start berildi va 1/32 final bosqichi uchrashuvlari yakuniga ko‘ra  keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.

“O‘zagroinspeksiya” jamoasi  “Davstatqo‘m”ga qarshi o‘yinda matonat ko‘rsatdi. O‘yinning ilk daqiqalarida 0:1 hisobi bilan ortda qolayotgan inspeksiya jamoasi oradan hech qancha o‘tmay hisobni tenglashtirdi va murosasiz kechgan o‘yin davomida raqiblari darvozasini jami olti marta ishg‘ol qilib, 6:3 hisobi bilan o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi.

Jamoaga g‘alaba muborak bo‘lsin!

Ertangi bo'ladigan uchrashuvda Agroinspeksiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kuch sinashadi.

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

 

 

Text to speech