Ру Ўз O`z En

Boshoqli don hosili o‘rim-yig‘im mavsumi sifatli o'tkazilmoqda

2 Avgust 2023 2646

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3 iyundagi “2023-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 227-sonli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2023-yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doyni, 1 mln 283 ming tonna tovar bug‘doyni davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna urug‘lik bug‘doy va 1 mln. 41 ming 550 tonnasini fermer xo‘jaliklari va boshqa g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun vaqtinchalik saqlanadi va birja savdolari orqali sotilishi ko‘rsatilgan.

 Navoiy viloyatida 2023-yil hosili uchun 946 ta g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan jami 38 ming 39 gektar yer maydonlarga boshoqli don ekilgan bo‘lib, shundan 2 ming 393 gektar yer maydonga urug‘lik g‘alla ekilgan. Don korxonalari bilan davlatga jami 95 ming tonna bug‘doy donlari, shundan 47 ming tonna davlat jamg‘arma hisobiga, 39 ming 200 tonna vaqtinchalik saqlashga va 8 ming 800 tonna urug‘lik bug‘doy donlari qabul qilish rejalashtirilgan.

Qarorda belgilanganidek, davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab jo‘natilishida tovar bug‘doyning sifati bo‘yicha nazorat Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirish yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, Inspeksiya boshlig‘ining 2023-yil 8 iyunda 10-23 sonli buyrug‘i qabul qilinib, buyruqda 2023-yil hosili uchun ekilgan boshoqli donni o‘z vaqtida sifatli o‘rib-yig‘ib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish va amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilish maqsadida, respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari tashkil etildi.

Har bir don qabul qilish shoxobchalariga tuman paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni nazorat qilish bosh mutaxassislari biriktirildi. Don shoxobcha laboratoriyalarida don tahlillarini shaffof o‘tkazilishi va donni qabul qilish jarayonida nizoli holatlar mutaxassislar tomonidan joyida tezkor hal qilinib, avtomashinalarni asossiz to‘xtab qolish holatlari oldi olindi.

Navoiy viloyati bo‘yicha jami qabul qilingan bug‘doy donlari 95 ming 398 tonna, shundan 92 ming 48 tonna urug‘lik donlar, 86 ming 150 tonna sof vazndagi tovar bug‘doy donlari, shundan 47 ming tonna jamg‘arma hisobiga va 39 ming 150 tonna vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan donlar yuqori sinflarga qabul qilindi, donning sifati bo‘yicha 0,02 foiz chegirma va 0,34 foiz ustamalar qo‘llanishiga erishildi.

Bugungi kunda jamg‘arma hisobiga qabul qilingan ochiq maydondagi boshoqli donlar ortiqcha nobudgarchiliklarni oldini olish va yog‘ingarchilikka qoldirmasdan bosh korxona yopiq sig‘imlariga kiritilishi tashkil etilgan. Vaqtinchalik qabul qilingan bug‘doy donlari birja savdolari orqali sotilib, shoxobchalardan chiqim qilinmoqda.

Viloyat bo‘yicha 8 ta don qabul qilish laboratoriyalari mavjud bo‘lib, shundan       6 tasi «Navoiydonmahsulotlari» AJ va 2 tasiQiziltepa un zavodi” va uning shoxobchalariga to‘g‘ri keladi.

«O‘zagroinspeksiya» tomonidan bug‘doyning sifati bo‘yicha fermer tomonidan nizoli holatlar kelib chiqmasligi yuzasidan nazoratni olib borishadi. Xususan, don qabul qilish shoxobchalarida bug‘doy 8 turdagi laboratoriya tahlillaridan o‘tkaziladi.

Mazkur jarayonning shaffof va adolatli o‘tkazilishi don qabul qilish shoxobchalariga biriktirilgan inspeksiya xodimi nazoratida bo‘ladi. Donning miqdori, sifati va sinfi to‘g‘ri aniqlanishi ustidan to‘liq nazorat olib boriladi.

Bundan tashqari, «Navoiydonmahsulotlari» aksionerlik jamiyatida 2 ta urug‘chilik sexi mavjud. 1-urug‘lik sexiga 6 ming 11 tonna, 2-urug‘lik sexiga 3 ming 748 tonna urug‘lik materiallar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Urug‘lik materiallarni navma-nav joylashtirish bo‘yicha maydonlar bloklar bilan chegaralangan. Super elita navlarini qoplarda qabul qilish uchun alohida yopiq sig‘imlar tashkil etilgan. Har ikkala sex ham qoplar bilan to‘liq taʼminlangan. Bundan tashqari qadoqlash jarayonida ishlatiladigan yorliqlarga buyurtmalar berilgan.

Shu bilan birga, «Navoiydonmahsulotlari»AJ elevatorlarida 2 ta avtoag‘dargich, shoxobchalarida esa 16 ta ko‘chma uzatuvchi trasportyorlar va “Qiziltepa un zavodi”da 11 ta trasportyorlar shay holatga keltirilgan.

Shu bilan bir qatorda viloyatda tashkil etilgan 8 ta don klasterlarida ham donni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari to‘liq amalga oshirilgan. Don klasterlari avtomobil tarozi, laboratoriya, ochiq maydon, yopiq sig‘imlari tayyorgarligini shay holatga keltirish va kamchiliklarni tez orada bartaraf etish bo‘yicha klaster rahbarlariga Agroinspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatmalar berildi.

Urug‘lik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilish ko‘zda tutilgan. Fermer va g‘allachilik klasterlaridan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy 2023-yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.

Text to speech