Joriy yilda Toshkent viloyatida 103 ming 845 gektar sug‘oriladigan maydonlarga g‘alla ekish rejalashtirilgan. Ushbu g‘alla ekiladigan maydonlarni yuqori sifatli urug‘liklar bilan taʼminlash maqsadida viloyat bo‘yicha mavjud 3 ta don korxonalari tomonidan 30 ming 215 tonna sara urug‘lik don qabul qilingan.
Viloyat bo‘yicha jamg‘arilgan boshoqli don urug‘liklari don korxonalari tasarrufidagi 7 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan tozalanib, saralanib, dorilanib qadoqlanadi.
Urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan ishlab chiqarilgan 25 ming 537 tonna urug‘lik don mahsulotlari “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish” DUK Toshkent viloyat filiali xodimlari tomonidan 21 ming 714 tonna urug‘lik donlardan standart talablariga ko‘ra, namunalar tanlab olinib, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi ” DUKning Akkreditatsiyalangan markaziy sinov laboratoriyasiga muvofiqlik sertifikati olish uchun jo‘natildi.
Urug‘lik don tayyorlash sexlari laboratoriya tahlillari uchun jo‘natilgan 24 ming 344 tonna namunalardan, 21 ming 060 tonna boshoqli don urug‘liklariga muvofiqlik sertifikatlar olindi.
Bundan tashqari, 2022 yil hosili uchun ishlab chiqarilgan sara 25 ming 537 tonna boshoqli don urug‘liklardan Toshkent viloyati uchun talab etiladigan urug‘liklardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga «Taxiyatoshdonmahsulotlari» AJ ga 1 ming 231 tonna va Qashqadaryo viloyati «Kosondonmahsulotlari» AJga 1 ming 290 tonna sara urug‘liklar fermer xo‘jaliklarini urug‘lik bilan taʼminlash maqsadida jo‘natildi.
Shuningdek, Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan «Ohangarondon» AJ korxona qoshidagi urug‘lik don tayyorlash sex boshlig‘i A.Qurbonovga, «Piskent» DQQSH mudiri d.Alimxanovga, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ «Chinoz» DQQSH mudiri A.Abduraimovga, «Quyichirchiq» DQQSH mudiri M.Mirkadirovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 104-2-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish alomatlari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun sudlarga yuborilishi taʼminlandi.
Sodiq Sadikov, “O‘zagroinspeksiya” Toshkent viloyati boshqarma boshlig‘i