O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4704-sonli qarorining 15-bandi ijrosi hamda 2021 - yil ertaki va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kelgusi yil hosili uchun urug‘lik sifatida ekilgan kartoshka maydonlarida aprobatsiya o‘tkazishni o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.
Bulung‘ur tumanida 2021 - yil hosili uchun ertaki va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga 2 ming 306 gektar kartoshka ekilgan bo‘lib, shundan, 134 gektariga kelgusi yil hosili uchun yuqori avlodli urug‘lik kartoshka ekilib parvarish qilinmoqda.
Ushbu urug‘lik uchun ekilgan kartoshka maydonlarida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan aprobatsiya ko‘rigi jarayonida, 56 ta fermer xo‘jaliklarining 134 gektar maydonlarida ekilgan urug‘lik kartoshkalar yaroqli deb topilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Bulung‘ur tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan A. Mahsumov hududidagi 13 ta fermer xo‘jaligining 26 gektar, X.Olimjon hududidagi 18 ta fermer xo‘jaligining 39 gektar, A. Navoiy hududidagi 11 ta fermer xo‘jaligining 30 gektar, F. Yo‘ldosh hududidagi 4 ta fermer xo‘jaligining 21 gektar hamda Kildon hududidagi 10 ta fermer xo‘jaligining 18 gektar maydoni jami 134 gektar urug‘lik maydonlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati