Ру Ўз O`z En

“Buxoro agroklaster” paxta-to‘qimachilik klaster korxonasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

27 Yanvar 2022 2417

Tadbirda ishtirokchilarga 2022 yil hosili uchun g‘o‘za navlari kesimida tozalash-saralash, tuksizlantirish, dorilash va saqlash jarayonlarida meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Jumladan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi PQ-4241-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi belgilangan.

2022 yil hosili uchun Buxoro viloyatida 102,9 ming gektar maydonga istiqbolli, rayonlashtirilgan serhosil g‘o‘za navlarini ekish belgilangan. Ekiladigan g‘o‘za navlarini ertapishar navlar Buxoro-102 navi 7163 gektar (7%), o‘rtapishar navlar Buxoro-6 navi 29141 gektar (28%), Buxoro-8 navi 30092 gektar (29%), Buxoro-10 navi 34004 gektar (33%), yangi navlar 2500 gektar (2,4%)ni tashkil etadi.

Buxoro viloyatida jami 102,9 ming gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Shunga asosan 5069 tonna urug‘lik chigitni tozalash-saralash, 3342 tonna tuksizlantirish hamda 3702 tonna dorilash (paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan) talab etiladi.

2021 yilda urug‘lik paxta yetishtirish maqsadida tender tanlovidan o‘tgan 243 ta fermer xo‘jaliklaridan jami bo‘lib 19308 tonna, shundan 9495 tonna asosiy, 7613 tonna zaxira va 2200 tonna qo‘shimcha zaxira fondiga urug‘lik paxta qabul qilinib tayyorlandi.

Tadbir davomida, Buxoro viloyatida 2022 yil hosili uchun g‘o‘za navlari kesimida tozalash-saralash, tuksizlantirish, dorilash va saqlash jarayonlarida meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi;

- 2022 yil hosili uchun viloyatda jamg‘arilgan urug‘lik paxtalarning qabul qilinishi va davlat standartlari asosida saqlanishi;

- 2022 yil hosili uchun urug‘lik chigitni tozalash, saralash, tuksizlantirish va dorilashda qo‘llaniladigan kimyoviy preparatlarning miqdori va ahamiyati bilan bog‘liq mavzular doirasida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

Xususan, 2022 yil paxta hosili uchun davlat standarti talablariga javob beradigan sifatli urug‘lik chigit ishlab chiqarish maqsadida paxta tozalash va boshqa korxonalar tomonidan urug‘lik chigitni tayyorlash va saqlashda navlar hamda reproduksiyalar aralashmasligi, urug‘lik paxtani tozalash rejimiga rioya qilinishi, shuningdek, dorilash-tuksizlantirish sexlarini joriy taʼmirlangan holda qayta ishlanishi ahvoli Inspeksiya tomonidan o‘rganilib, olib borilayotgan dorilash-tuksizlantirish ishlari doimiy nazoratga olingan holda amaliy ko‘maklar berib kelinmoqda.

Tozalashdan olinadigan urug‘lik chigitlarni saralash, dorilash va tuksizlantirish ishlari “Buxoro agroklaster” MCHJga qarashli “Buxoro paxta urug‘chiligi” MCHJ va “Buxoro urug‘chilik” MCHJ urug‘chilik sexlarida bajariladi.

Viloyatda 5069 tonna urug‘lik chigitni tozalash-saralash, 3342 tonna tuksizlantirish va 3702 tonna urug‘lik chigitni dorilash rejalashtirilgan. Shundan, “Buxoro paxta urug‘chiligi” MCHJ tomonidan 3454 tonna urug‘lik chigitni tozalash-saralash, 2196 tonna tuksizlantirish va 2556 tonna urug‘lik chigit dorilash rejalashtirilgan. “Buxoro urug‘chilik” MCHJ tomonidan 1431 tonna tozalash-saralash, 1015 tonna tuksizlantirish va 1015 tonna urug‘lik chigit dorilash rejalashtirilgan. “BST Cluster” MCHJ tomonidan 184 tonna tozalash-saralash, 131 tonna tuksizlantirish va 131 tonna urug‘lik chigit dorilash rejalashtirilgan.

“Buxoro paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli urug‘lik sexi bir sutkada40-45 tonna urug‘ni tuksizlantirish quvvatiga ega bo‘lib, ushbu sexda65 nafardan ziyod ishchi 3-smenada faoliyat yuritmoqda.

Mazkur sexda urug‘lik chigitlarni tuksizlantirish va dorilash ishlari mexanik usulda amalga oshiriladi. Bugungi kunda urug‘lik chigitlarni dorilash uchun mutaxassislar takliflari asosida qishloq xo‘jalik kasalliklari va zararkunandalariga  qarshi (gommoz, ildiz chirish, fuzarioz vilt) P-4, Sporagen, Suflyor (gummat kaliy) va Skarlet preparatlaridan foydalanib kelinmoqda.

Urug‘larni belgilangan meʼyoriy hujjatlar talablariga asosan tayyorlash uchun Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi davlat unitar korxonasi viloyat filialining 4 nafar malakali mutaxassislardan iborat laboratoriya xodimlari tomonidan muntazam ravishda namunalar olinib, tahlillar amalga oshirilib kelinmoqda.

Dorilash jarayonida g‘o‘zaning ildiz chirish kaslligiga qarshi P-4 va Skarlet preparatlaridan 1 tonna tuksizlantirilgan urug‘lik chigit tayyorlash uchun 4 litr, vilt kasalligiga qarshi Sporagen preparatidan 2 litr va g‘o‘zaning o‘zish va rivojlanishini jadallashtirish maqsadida Suflyor (gummat kaliy, biostimulyator) preparatidan 0,6 litr miqdorida qo‘shib urug‘lik chigitlar tayyorlanmoqda.

Urug‘chilik sexida tayyorlanayotgan urug‘lik chigitdan har 2 soatda namunalar olinib namligi, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriyada tola qoldig‘i va mexanik shikastlanishi bo‘yicha tahlillardan o‘tkazilmoqda.

Urug‘lik chigitlar tagliklar ustida, usti yopqichlar bilan yopilgan holda yon atroflari yopiq omborlarda talab etiladigan harorat darajasida saqlanmoqda. Omborlarda 4 ming 500 tonnadan ortiq dorilanib, tayyorlangan urug‘lik chigitlarni navlar bo‘yicha alohida-alohida saqlash imkoniyati yaratilgan.

Urug‘lik chigit saqlanadigan omborlar havoning sovuq kunlari haroratni bir xil meʼyorlarda saqlash maqsadida isitish moslamalari bilan taʼminlangan.

Shuningdek, urug‘lik chigit tayyorlash mavsumida talab etiladigan qog‘oz qop, etiketka, kimyoviy preparatlar va yog‘och tagliklar (paddon) zaxirasi ham yetarli darajada yaratilgan.

Albatta, urug‘lar belgilangan standart talablariga asosan tayyorlansa fermer xo‘jaliklari sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlanib, chigitlarni bir tekis undirib olinishiga hamda paxtadan mo‘l hosil olinishiga zamin yaratiladi.

M.Kurbanbayev, Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i -

N.Ismailov, bo‘lim boshlig‘i, B.Baxronov, Inspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bosh inspektori

 

Text to speech