Ру Ўз O`z En

Buxoro: tumanda 62 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari urug‘lik talablariga javob bermasligi maʼlum bo‘ldi

19 Iyul 2021 1633

Inspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, inspeksiyaga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish funksiyasi yuklatilgan.

Bu borada, Inspeksiyaning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan joylarda hukumat qarorlari  ijrosini taʼminlash va belgilab berilgan vazifa hamda funksiyalarni professional darajada bajarish yuzasidan bir qator tadbirlar, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyatning Buxoro tumanida 2021 yil hosili uchun tender tanlovidan o‘tgan 15 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 449 gektar maydonlarda parvarishlanayotgan urug‘lik g‘alla “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro tuman bo‘limi nazorati ostida aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada tumanda 2022 yil g‘alla hosili uchun boshoqli don ekinlari ekilgan 9 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 62 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari talab darajasida bo‘lmaganligi aniqlanib, urug‘lik hisobidan chiqarildi. Bo‘limning amaliy ko‘magi bilan tuman mirishkorlari tomonidan 2022 yil g‘alla hosili uchun jami 1 337 tonna sifatli urug‘lik don jamg‘arilishiga erishildi.

Tumanda 2021 yilning 6 oy davomida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida jami o‘tkazilgan 37 ta nazorat tadbirlari davomida, 8 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, ularni oldini olish bo‘yicha 3 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish uchun tegishli tuman tashkilotlariga 3 ta taqdimnomalar, 2 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilib, 51 ta ogohlantiruv xatlari berildi.

Maqsad, tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash hamda mamlakatimiz aholisiga sifatli qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetkazib berilishida o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.

No‘mon HIDOYATOV, O‘zagroinspeksiya” Buxoro tuman bo‘limi katta inspektori

 

Text to speech