Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasida Inspeksiya Markaziy apparati chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i D.Pirnazarov rahbarligida“Idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari, ularda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida" o‘quv seminari o‘tkazildi
Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish shoʼbasi inspektorlari ishtirok etgan tadbirda, boshqarma boshlig‘i D. Pirnazarov sohada nazorat tadbirlari samaradorligini yana-da oshirish, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirdi.
Shuningdek, o‘quv seminar davomida “O‘zagroinspeksiya”ning hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlari tomonidan tekshiruvlarni o‘tkazish, rasmiylashtirish va monitoring olib borish to‘g‘risidagi vaqtinchalik tartibi ijrosi hamda Inspeksiyaning chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘yicha bosh va katta inspektorlari tomonidan joriy yilning yanvar oyi ish rejasining bajarilishi hamda fevral oyining 1-15 kunlari amalga oshirilgan nazorat tadbirlar tahlili ham muhokama etildi.
Nazorat tadbirlarining sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati