Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik ishlari inspeksiya nazoratida

30 Iyul 2021 3168

Respublika xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish, ularning mahsuldorligini yana-da oshirish, mustahkam ozuqa bazasini yaratish, seleksiya usullaridan foydalanib, mamlakat hududida urchitilayotgan barcha turdagi chorva mollarning nasl sifatini yaxshilash, ularning biologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish uchun naslchilik ishini rivojlantirish, uning sifatini yana-da yaxshilash borasida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda.

Buxoro viloyatida chorvachilikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishi, subsidiya ajratilishi, naslli hayvonlarning sifat (nasldorlik) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi, zotli mollardan oqilona foydalanilishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida, boshqarmaning Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan Qorako‘l tumanidagi naslchilikka ixtisoslashtirilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi 280-sonli “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o‘rganilganda, jamiyatga 2020 yilning 13 dekabrida xorijdan olib kelgan 58 bosh naslli qoramol uchun jami 116 mln.so‘m subsidiya mablag‘i ajratilganligi maʼlum bo‘ldi.

Xususan, jamiyatda qarorga asosan 58 bosh qoramolga subsidiya ajratilgan bo‘lsada, aslida 24 bosh qoramol saqlanayotganligi, 5 bosh qoramol turli sabablarga ko‘ra nobud bo‘lganligi va qolgan 29 bosh naslli qoramollar sotib yuborilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan inspektorlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, asoslantirilgan maʼlumotlar jamlanib, qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha tuman Prokuraturasiga taqdim etildi.

Qonun hammaga barobar, agrar sohada adolatli tizimni barpo etish asosiy maqsadimiz.

Oybek SULTONOV, “O‘zagroinspeksiyaning Buxoro viloyat 

boshqarmasi bo‘limi bosh inspek

Text to speech