Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik ishlarini rivojlantirish, soha samaradorligini oshirishning asosiy omilidir

1 Aprel 2022 1751

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, viloyatda naslli qoramol sonini oshirishda va naslchilikda, qoramollarni sut va go‘sht yo‘nalishida sifat va miqdor jihatida salmoqli o‘zgarishlarga erishildi.

Xususan, 2022-yilning ikki oy davomida, aholi va fermer xo‘jaliklari qaramog‘ida bo‘lgan sigir va tanalarni “O‘znaslchilik” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori mahsuldor, naslli buqa urug‘lari bilan urug‘lantirish tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Viloyat bo‘yicha 23895 bosh qoramollar, mazkur tadbir doirasida sunʼiy urug‘lantirilib, belgilangan reja 70 foizdan ortiqqa bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 280-sonli   qarori ijrosini taʼminlash borasida “O‘zagroinspeksiyaning chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish inspektorlari tomonidan, o‘tgan hisobot davri davomida jami, 419 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 418 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi va  21 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlar ijrosi yuzasidan, 2022-yil 1-choragi davomida viloyatga rivojlangan chet davlatlaridan 146 bosh irsiy, qoni toza, zotli naslli qoramollar olib kelindi.

Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi “Navoiy nasl chorva” fermer xo‘jaligi tomonidan, Avstriya davlatidan 93 bosh “Simmental” zotli naslli qoramol keltirilib, shundan  89 bosh qoramollarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanib, chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun jami  176 million  so‘m subsidiya moliyaviy ko‘mak sifatida berildi.

Shuningdek, Ulug‘nor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Nesseno Terrenno” MCHJ tomonidan Germaniya davlatidan 53 bosh “golshtin” zotli qoramol olib kelingan bo‘lib, shundan  50 bosh naslli qoramol uchun 100 million so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib berildi.

Har ikki loyiha bo‘yicha ajratilgan subsidiya mablag‘lari, inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi “Chorvachilikda naslchilikni nazorat qilish” bo‘limi inspektorlari tomonidan subsidiya ajratish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar qonuniyligi o‘rganib chiqilib, belgilangan talablar asosida ijrosi taʼminlandi.

N. Ashurov,  Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasining chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori                                                                

U. Abdullayev,  Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh inspektori.       

Text to speech