Ру Ўз O`z En

Chorvachilikni rivojlantirishda qaror va farmon ijrosining nazorat samarasi

14 Dekabr 2022 1247

Respublikamizda chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab - quvvatlash, chorva zotini tozaligi, yetishtirilgan mahsulot sifati va miqdorini yaxshilashda, naslchilik yo‘nalishini rivojlantirish, davlat tomonidan ajratilgan subsidiya orqali sohani moliyaviy qo‘llash muhim ahamiyat kasb etdi.

Sohaga oid qabul qilingan qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash hamda amalga oshirishda qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik, ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirish va undan maqsadli foydalanish alohida nazoratni talab etdi.

Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Andijon viloyat boshqarmasining “Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish” bo‘limi tomonidan qabul qilingan sohaga oid meʼyoriy -huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tuman hokimliklari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa tashkilotlarda 1 ming 588 ta monitoringlar o‘tkazilib, tadbirlar davomida 1 ming 438 ta holatda qonunbuzilish aniqlandi.

Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida bo‘lim tomonidan 42 ta taqdimnoma, 1 ming 259 ta yozma ko‘rsatmalar, 1 ming 321 ta ogohlantirish xatlari naslchilik talablari asosida belgilangan ishlar amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilot va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kiritildi.

Xususan, viloyatga joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Qirg‘iziston Respublikasidan keltirilgan 170 bosh qo‘ylar uchun 68 mln, Izboskan tumanidagi “Nurillo” fermer xo‘jaligi tomonidan chetdan keltirilgan naslli qoramollar uchun pasport hujjatlarida tayyorlangan ilovalar to‘g‘ri kelmaganligi holda 18 mln. so‘m subsidiya mablag‘i ortiqcha olinayotganligi inspeksiya xodimlari tomonidan aniqlanib, jami 86 mln. so‘m byudjet mablag‘ini noqonuniy sarflanishi oldi olindi.

Viloyatida mavjud 23 ta chorvachilik yo‘nalishidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi 100 sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq naslchilik xo‘jaligi maqomi berilishi nazoratga olindi.

Biroq, naslchilik “Nizom” talablari bo‘yicha hujjatlarni to‘laqonli rasmiylashtirilmagan oltita xo‘jalik yurituvchi subyektning hujjatlari bo‘lim inspektorlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarildi.

Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga hujjatlarni belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

 N.Ashurov, Chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish bo‘lim bosh inspektori                                                   

U.Abdullayev,  Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi

bosh inspektori

Text to speech