Quyi Chirchiq tumanida 2023 -yil G‘alla hosilini nes-nobut qilmasdan yig‘ib terib olish tadbirlari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati, viloyat IIB boshqarmasi mutasaddilari, Agroinspeksiya viloyat boshqarma boshlig‘i, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, Agroinspeksiya tuman bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi vakillari, otryad biriktirilgan rahbarlar hamda mexanizatorlar ishtirok etishdi
Seminar jarayonida kombaynlarning texnik sozligi, g‘alla o‘rish jarayonidagi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning vaqtida oldini olish chora tadbirlari va xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda yong‘in kelib chiqish holatlarini oldindan bartaraf etish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Malumot uchun, Joriy yilda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egadir.
Tumanimizdagi mavjud bo‘lgan g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli taʼmirlash ishlariga ham bu yil har yilgidan ertaroq kirishilgan.
Yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish uchun 2023 yilda jami 34 dona g‘alla kombaynlari qatnashishi rejalashtirilgan va ularning barchasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan “TST Sluster” MCHJ XKga qarashli “TST Sluster” MTP MMTP binosiga yig‘ilgan bo‘lib, hozirda taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan.
Mavsumga jalb etiladigan g‘alla o‘rish kombaynlarining 34 donasi yani 100 foizi “TST Sluster” MCHJ XKga tegishlidir.
Mavsumda qatnashadigan g‘alla o‘rish kombaynlarini taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar «O‘zkeysservis» QK va «O‘zklaasservis» korxonalarining xodimlari tomonidan o‘rganilib chiqilgan bo‘lib, taʼmirlashga talab etiladigan 1 mlrd 410 mln .so‘mlik mablag‘ hisob-kitob qilingan.
Kombaynlarni taʼmirlash uchun kerakli ehtiyot qismlar taʼminot korxonalaridan o‘z vaqtida yetkazib berilgan va sifatli taʼmirlash ishlari "O‘zagroinspeksiya"ning tuman bo‘limi va tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olinishi natijasida shu kunga barchasi sifatli qilib taʼmirdan chiqarilgan.
G‘alla o‘rish kombaynlarining barchasi zamonaviy yuqori unumli kombaynlarni tashkil etib, eski rusumdagi g‘alla o‘rish kombaynlarini dalaga kiritish qatʼiy taqiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga asosan 2023-yil g‘alla o‘rimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni taʼmirlashni yakunlash yuzasidan O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib borildi hamda kamchiliklarni bartaraf etildi va kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
O.Baratov, «O‘zagroinspeksiya»ning Quyichirchiq tuman
bo‘limi texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi