Ру Ўз O`z En

Don korxonalarida vaqtincha saqlanayotgan bug‘doy sifati nazoratda

11 Aprel 2023 1309

O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Jizzax viloyatidagi don korxonalari tomonidan hukumatning tegishli qarorlariga asosan elevatorlarda saqlanayotgan davlat zahirasi va davlat resursidagi don va don mahsulotlarini xatlovdan o‘tkazish va “nol”ga tozalash ishlari tashkil qilingan.

Korxonalar tomonidan chiqarilgan buyruqlarga asosan  komissiyalar tashkil etilib,  bugungi kunda ular ishtirokida mavjud don va don mahsulotlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Xususan “Zarbdor elevatori”AJ korxonasida ham ishlar tashkil qilingan bo‘lib, 2023 yil 7 aprel holatiga 36 249 tonna don komissiya ishtirokida xatlovdan o‘tkazilgan.

Korxonalar tomonidan olib borilayotgan xatlov va “nol”ga tozalash ishlari  Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jizzax viloyati boshqarmasi  Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish shoʻbasi mutaxassislari tomonidan tegishli hujjatlarga asosan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan kunlik qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.

Jumladan, “O‘zdonmahsulotAK tizimidagi don korxonalarida vaqtincha saqlanayotgan hamda jamg‘arma hisobiga qabul qilingan donni saqlanishi va birja savdolariga qo‘yilishida bug‘doyni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kunlik monitoring ishlari ham olib borilmoqda.

2022 yil 1 iyuldan 2023 yil 7 aprelga qadar birja savdolari orqali 6 ta donni qayta ishlash korxonalariga 46 ming 461,3 tonna  bug‘doy sotilib, qayta ishlangan un mahsulotlari jismoniy va yuridik shaxslarga birja orqali sotilgan.

    J. Utashev, Inspeksiyaning Jizzax viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi                

Text to speech