Ру Ўз O`z En

Donlarning nobudgarchiligi oldi olindi

14 Avgust 2021 1738

Prezidentimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida «O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassis xodimlari ham ishni kecha va kunduz tashkil qilib davlat omborlariga qabul qilingan donni sifati, to‘g‘ri joylashtirilishi va saqlanishi ustidan nazorat olib bormoqda.

Toshkent viloyatida Davlat resursidagi donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar timsolida bu ishlarni bajarilishi monitoring qilinganda 2021 yil hosilidan qabul qilingan boshoqli donlar belgilangan grafik asosida to‘liq omborlar va maxsus yopiq sig‘imlarga kiritilib saqlanishi rejalashtirilgan.

Bu borada, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Ryespublika komisiyasining yigilishi tog‘risida”gi 54-sonli bayonida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, 2021 yil hosilidan don qabul qilish maskanlari va ularning ochiq maydonlarga qabul qilingan Gallani “o‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizimidagi don korxonalarining elevator va yopiq sigimlarga kiritishni tashkil etish hamda qatʼiy nazoratga olib, belgilangan muddatlarda yopiq sig‘imlarga kiritilishini taʼminlash ishlari nazoratga olingan.

Joriy yilda viloyatda Davlat resursiga 244 ming 747 tonna bug‘doy, 228 tonna arpa donlari qabul qilinib, shundan 188 ming 186 tonna donlar ochiq maydonlarga qabul qilingan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ochiq maydonga qabul qilingan donlarni yopiq sig‘imlarga belgilangan muddatlarda kiritish maqsadida, “o‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi «Toshkentdonmahsulotlari», “G‘alla Alteg” hamda “Ohangaron don” AJlarga qarashli don qabul qilish shaxobchalariga nes-nobut qilmasdan belgilangan grafik asosida korxona elevatorlari hamda yopiq sigimlarga kiritilishi bo‘yicha Toshkent viloyati boshqarmasi don yo‘nalishi inspektorlari tomonidan to‘liq nazoratga olindi hamda joriy yilning shu kuniga qadar, 188 ming 186 tonna rejaga nisbabatan 100 foiz don yopiq sigimlarga kiritilishi taʼminlandi.

Galdagi vazifa xalqimizni sifatli un, non va konditer mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bug‘doydan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati o‘rganib borilmoqda.

 

Boshqarma бошлиғи                                                       S.Sadikov

Boshqarma bosh инспектори                                        B.Umarxodjaev

 

Text to speech