Ру Ўз O`z En

Do‘stlik tumani: qishloq xo‘jaligi texnikalari mavsumga shay-mi?

27 Yanvar 2023 2331

Texnika dehqonning qanoti. Ayniqsa, bugungi zamonda agrar sohani qishloq xo‘jaligi texnikalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dalada bajariladigan har bir agrotexnik tadbirda uning imkoniyati va kuchidan keng foydalanilmoqda.

Shu maʼnoda, Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “O‘zagroinspeksiyaning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan 2 ming 54 tadan ziyod qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalari davlat ro‘yxatiga olinib, texnikalar to‘g‘risidagi barcha maʼlumotlar “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hisobi” axborot elektron tizimiga kiritilgan. Mazkur tizim texnikadan samarali foydalanish, ularning aniq hisobini yuritish bo‘yicha nazoratni to‘g‘ri tashkil etish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan.

Bularning 89 tasini turli rusumdagi haydov, 500 tasini chopiq va 182 tasini transport traktorlari tashkil qiladi.

Ayni kunlarda bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari markazlashgan holda 7 ta maskanga taʼmirlash uchun yig‘ilib, texnikalarni mavsumga hozirlash ishlari davom etmoqda.

-Qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash agroinspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olinib, yaqin kunlarda bu ishlar nihoyasiga yetadi,- deydi Inspeksiyaning Do‘stlik tuman bo‘limi katta inspektori B. Imamov. – Shu kunga qadar, taʼmirga jalb etilgan chopiq traktorlari, kultivator, chizel, borona, mineral o‘g‘it sepgich, purkagich va yer tekislagichlar to‘liq sozlanib, mavsum uchun shay holatga keltirildi. Sifatli taʼmirdan chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari esa sertifikat asosida qabul qilib olindi.

Nazorat tadbirlari natijasida shu kecha-kunduzda bahorgi agrotexnik va mavsumiy dala ishlarida qatnashadigan 326 ta chopiq traktori, 283 ta kultivator, 39 ta mineral o‘g‘it sepgich, 44 ta yer tekislagich, 80 ta chizel, 43 ta yuqori unumli chigit ekish seyalkasi, 69 ta purkagich va 1 119 ta tishli boronalarning sifatli taʼmirdan chiqarilishi taʼminlandi.

O‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi va uning kelib chiqish sabablari hamda bunga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga 1 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta yozma ko‘rsatma chiqarilgan. Shuningdek, tumandagi paxta to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 62 ta ogohlantirish xatlari yuborilgan.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yil bahorgi dala ishlarida viloyat bo‘yicha 12 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalari qatnashishi ko‘zda tutilgan. Shundan 1 ming 410 tas chopiq traktorlari, 1 ming 318 ta kultivatorlar, 362 tas chizellar, 7 ming 594 tasi boronalar, 247 tasi mineral o‘g‘it sepgichlar, 352 ta chigit ekish seyalkalari, 609 tasini purkagichlar va 229 tasini yer tekislagichlar tashkil etadi.  

O‘zagroinspeksiya” Jizzax viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech