O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 noyabrdagi “Parrandachilikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4015-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Inspeksiya organlari tomonidan Farg‘ona viloyati hududi bo‘ylab xatlov o‘tkazildi.
Xatlov natijasiga ko‘ra hozirgi kunda viloyatda 90 ta parrandachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida 2 mln 779 ming bosh parranda parvarishlab kelinmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan 90 ta fermer xo‘jaliklarining 71 tasi tuxum yetishtirish, 19 tasi go‘sht va tuxum yetishtirish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borishmoqda. Viloyatdagi mavjud parrandachilik fermer xo‘jaliklariga parrandalarga sifatli ozuqa bazasini tubdan yaxshilash uchun shahar va tuman hokimliklari tomonidan 1 ming 65 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Joriy yilda Farg‘ona viloyatida parrandachilik yo‘nalishini rivojlantirish va aholiga arzon parhez go‘shti yetkazish uchun jami 25 ta loyiha rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarning umumiy qiymati 115 mlrd 782 mln so‘mni tashkil qiladi. Shundan tashabbuskor o‘z hisobidan 95 mlrd. 200 mln so‘m hamda 4 mlrd 246 mln so‘m bank krediti va 1 mln 586 ming AQSH dollari xorijiy kredit liniyasi xisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, loyihalar amalga oshishi natijasida yoshlar uchun 115 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratiladi va yana 2 mln. 40 ming bosh parrandalar olib kelinadi.
Bugunga qadar 18 ta loyiha to‘liq o‘zlashtirilib va buning uchun 80.7 mlrd so‘m mablag‘lar sarflandi, bundan, 2 mlrd. 76 mln so‘m bank krediti va 1 mln. 626 ming AQSH dollari xorijiy kredit liniyasi hisobidandan kredit mablag‘lari ajratildi hamda 11 ta loyiha to‘liq ishga tushurildi. Mazkur loyihalar o‘z vaqtida ishga tushurilishi natijasida viloyatga 101 ming bosh parrandalar olib kelindi hamda yoshlar uchun 165 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.
Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan loyihalarning o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha 17 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, natijada tegishli vakolatli organlarga 2 ta taqdimnoma va loyihalarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan 19 ta ogohlantirishlar kiritilgan.
Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan loyihalarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi