Ру Ўз O`z En

Farg‘ona: suvdan noqonuniy foydalanganlik bo‘yicha maʼmuriy hamda moliyaviy jarimalar qo‘llanilmoqda

1 Aprel 2022 1776

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2022 yil 1 martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur  qarorning 6-bandida "O‘zagroinspeksiya"ga suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berishida hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan samarali va oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

 

Qaror talablaridan kelib chiqib, Agroinspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va barcha tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagilar to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va uning barcha tuman bo‘limlari tomonidan 2022 yil sug‘orish mavsumi uchun jami 7 111 nafar suv isteʼmolchilari, shundan 3 544 nafar paxta-g‘allachilik klasterlari, baliqchilik fermer xo‘jaliklari va MFYlar, bulardan paxta g‘allachilik 2 409 ta, shundan klaster 8 ta, baliqchilik 295 ta, MFYlar 832 ta hamda 3 567 nafar boshqa suv isteʼmolchilari bilan shartnomalar rasmiylashtirilganligi aniqlangan.

Shu bilan birga, joriy yilning fevral-mart oylarida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari inspektorlari tomonidan jami 230 ta nazorat tadbirlarida 106 ta tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 37 tasi vakolatli organlarni xabardor etish tartibida o‘tkazilib 202 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha 59 ta maʼmuriy hamda 57 ta moliyaviy jarimalar qo‘llanilib, 40 ta holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudlarga, 1 ta holatda prokuraturaga yuborilgan.

Qishloq xo‘jaligi subyektlari orasida qonunchilikni keng targ‘ib qilish maqsadida Agroinspeksiya hamda “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamkorligida o‘quv-seminar tashkil etilib,  unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-145-sonli qarori mazmun-mohiyati suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga to‘liq tushuntirildi.

Inspektorlar tomonidan joriy yilning sug‘orish mavsumida suv isteʼmoli va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, suv olishda shartnomada belgilangan tartibda limitlarga amal qilinishi hamda suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchilarga talabnoma va shartnoma asosida suv isteʼmol qilinishi bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

O‘zagroinspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi

 

Text to speech